» » Tayson Fyuri va Deontey Uaylder jangi g‘olibi kimga qarshi ringga ko‘tarilishi ma’lum bo‘ldi

Tayson Fyuri va Deontey Uaylder jangi g‘olibi kimga qarshi ringga ko‘tarilishi ma’lum bo‘ldi


Professional boksning og‘ir vazn toifasi bo‘yicha WBC chempioni Tayson Fyuri va sobiq chempion Deontey Uaylder o‘rtasidagi jang g‘olibi kamar himoyasi uchun bitta majburiy jang o‘tkazadi.

WBC mazkur bellashuvda chempionlikni qo‘lga kiritgan bokschiga Dillian Uayt bilan jang qilish majburiyatini qo‘ygan.

Agar 22-avgust kuni Uayt og‘ir vazn toifasining sobiq chempioni Aleksandr Povetkinga mag‘lub bo‘lsa, u holda rossiyalik bokschi majburiy da’vogarga aylanadi.

Fyuri va Uaylder o‘rtasidagi uchinchi jang iyun oyiga mo‘ljallangan edi, biroq koronavirus pandemiyasi sabab to‘qnashuv qoldirilgandi. Avvalroq mazkur jang 3-oktabrda bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingandi.

Tayson Fyuri va Deontey Uaylder ishtirokidagi janglarni tomosha qiling (video)

Eslatib o‘tamiz, mazkur bokschilar o‘rtasidagi 2018-yilda o‘tkazilgan ilk jang durang bilan yakun topgan. 2020-yilning 22-fevralida bo‘lib o‘tgan ikkinchi to‘qnashuvda Fyuri amerikalik bokschini texnik nokautga uchratgan va Uaylderdan WBC chempionlik kamarini tortib olgandi.

Mavzuga doir: Tayson Fyuridan Kubrat Pulevgacha. Eng yaxshi og‘ir vaznli bokschilar top-10 reytingi e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют