» » Trilogiya: Fyuri va Uaylder o‘rtasidagi 3-jangning qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi

Trilogiya: Fyuri va Uaylder o‘rtasidagi 3-jangning qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi


Boks bo‘yicha superog‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri va sobiq chempion Deontey Uaylder ishtirokidagi uchinchi jang 2020-yilning yozida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda mashhur promouter Bob Arum xabar berdi.

“Revanshni 18-iyun sanasida o‘tkazish ESPN uchun ham, FOX uchun ham qulay bo‘ladi. Bu vaqt — Amerika sportidagi o‘lik palla, bu esa chiptalar sotuviga ijobiy ta’sir qilishi mumkin. NBA’da pley-off o‘yinlari yakunlangan, beysbolda esa mavsumning yarmi ketayotgan bo‘ladi. Ideal vaqt”, — deydi Arum.

Eslatib o‘tamiz, Tayson Fyuri 23-fevral kuni Uaylderni muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratib, undan WBC kamarini tortib oldi.

Ushbu bokschilar o‘rtasidagi 2018-yilda bo‘lib o‘tgan ilk qarama-qarshilikda esa durang qayd etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют