» » Tayson Fyuri Uaylderni nokautga uchratib chempionlik kamariga ega chiqdi

Tayson Fyuri Uaylderni nokautga uchratib chempionlik kamariga ega chiqdi


Toshkent vaqti bilan 23-fevral tongida Las-Vegasda professional boks kechasi tashkil etildi.

Kechaning asosiy jangi yengilmas bokschilar Deontey Uaylder (43-1-1, 41 KO) va Tayson Fyuri (30-0-1, 20 KO) o‘rtasida kechdi. Unda Tayson Fyuri muddatidan avval g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Jang to‘liq britaniyalik bokschi ustunligida kechdi. Fyuri uchinchi va beshinchi raundlarda raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Yettinchi raundga kelib Fyurining ketma-ket zarbalaridan keyin hakam jangni to‘xtatdi.

Shu tariqa Tayson Fyuri Uaylderdan WBC kamarini tortib oldi.

Qayd etish joiz, ushbu sportchilar 2018-yil 1-dekabrida bir-biriga qarshi ringga chiqqan, 12-raundlik jang yakuniga ko‘ra hakamlar durang natijasini qayd etgandi.

Jang videosini UFCBOXUZ Telegram kanalida tomosha qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2020, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют