» » Trilogiya: Fyuri va Uaylder o‘rtasida uchinchi jang tashkil etiladi

Trilogiya: Fyuri va Uaylder o‘rtasida uchinchi jang tashkil etiladi


Boksning WBC yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni Tayson Fyuri (30-0-1, 30 KO) va sobiq chempion Deontey Uaylder (42-1-1, 41 KO) o‘rtasida uchinchi jang bo‘lib o‘tadi. Bu haqda The Athletic xabar qilmoqda.

Mazkur bokschilar o‘rtasidagi 2018-yilda o‘tkazilgan ilk jang durang bilan yakun topgandi. 2020-yilning 22-fevralida bo‘lib o‘tgan ikkinchi to‘qnashuvda Fyuri amerikalik bokschini texnik nokautga uchratgan va Uaylderdan WBC chempionlik kamarini tortib olgandi.

Uchinchi jang 3-oktabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Jangdan tushgan gonorarning 60 foiziga Fyuri egalik qiladi, qolgan 40 foizi esa Uayldrga tegishli bo‘ladi. Jang qayerda bo‘lib o‘tishi hozircha noma’lum.

34 yoshli Uaylder WBC kamarini 2015-yilda qo‘lga kiritgan va britaniyalik bokschiga qarshi jangga qadar uni o‘n marta himoya qilgandi.

Mavzuga doir: Entoni Joshuaning chempionlik kamari himoyasi uchun jangi 25-iyulga ko‘chirildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют