» » Prezident farmoni bilan Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibi joriy etiladi

Prezident farmoni bilan Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibi joriy etiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi, deb xabar beradi O‘zA.

Bo‘stonliq tumanining turistik yo‘nalishdagi raqobatdosh ustunliklaridan samarali foydalanish, hududning ixtisoslashuvini aniq belgilash, turistik, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiya muhitini tubdan yaxshilash orqali aholi bandligini ta’minlash uchun 2022-yil 31-dekabrga qadar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi joriy qilinmoqda.

Belgilanishicha, alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi doirasida:

a) bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi bir vaqtning o‘zida “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi direktori lavozimini egallaydi, shuningdek, Bo‘stonliq tumani hokimligi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Bunda bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi:

b) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat asosida tumanda joylashgan aholining dam olish va salomatligini tiklash bilan bog‘liq davlat mulki obyekti bo‘lgan dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boshqa obyektlar, shuningdek, turistik infratuzilmani yaratish imkoniyati bo‘lgan yer uchastkalari direksiyaga keyinchalik samarali foydalanish va (yoki) realizatsiya qilish uchun o‘tkaziladi;

v) “Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida joylashgan hamda ushbu bandning “b” kichik bandiga asosan direksiyaga o‘tkazilgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarini realizatsiya qilish direksiyaning qaroriga asosan elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi;

g) erkin turistik zona hududida joylashgan yer uchastkalari yer fondini bir toifadan boshqasiga o‘zgartirish, uni turistik infratuzilmani rivojlantirish uchun ajratish erkin turistik zona Ma’muriy kengashining qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bunda yer uchastkalari egalariga Toshkent viloyatining boshqa hududlaridan faoliyat turiga mos yer uchastkasi va yetkazilgan zararni qoplash nazarda tutiladi;

d) tumanda joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini yuritish uchun elektron onlayn auksion orqali sotuvga qo‘yish direksiya qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;

e) erkin turistik zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasini sotib olgan investorlarga yer uchastkasiga bo‘lgan egalik huquqlari istisno tariqasida Toshkent viloyati hokimining alohida qarori qabul qilinmasdan rasmiylashtiriladi;

j) tumanda (erkin turistik zona hududida joylashgan yer uchastkalari bundan mustasno), shu jumladan, o‘rmon fondi yerlarida yer uchastkalarini ajratish, ko‘chmas mulkni buzish, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani qurish bilan bog‘liq qarorlar direksiya bilan majburiy tarzda kelishiladi;

z) tuman hokimi to‘g‘ridan to‘g‘ri Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar va soliq bo‘linmalarining rahbarlari esa maqomi, shu jumladan, mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha tegishlicha ushbu davlat organlarining respublika darajasidagi rahbarlari o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi;

i) barcha davlat boshqaruvi organlarining respublika darajasidagi rahbar (o‘rinbosar)laridan biri bir vaqtning o‘zida ularning tumandagi tegishlicha hududiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish uchun biriktiriladi;

k) direksiya direktoriga quyidagi vakolatlar beriladi:

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq, istisno tariqasida, 2020-yil 1-sentabrdan boshlab:

Alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi davrida tuman hokimligi faoliyatining samaradorligi quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:

Vazirlar Mahkamasi (Abdulla Aripov) bir oy muddatda tuman hokimligi faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarini (KPI) tasdiqlaydi.

Tuman hokimligiga quyidagi qo‘shimcha asosiy ustuvor vazifalar yuklandi:

Vazirlar Mahkamasi (Abdulla Aripov):

a) bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi:

b) ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish yakunlari bo‘yicha mazkur Farmonda belgilab berilgan vazifalarni to‘liq amalga oshirish uchun 2020-yil 1-dekabrga qadar tumanda mutlaqo yangi o‘zini o‘zi boshqarish tizimini joriy etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasiga takliflar kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi o‘rtalarida Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining turizm salohiyati juda yuqoriligiga qaramasdan, uzoq yillar davomida bundan yetarlicha foydalanilmaganini ta’kidlagandi. Shu sababli, davlat rahbari ushbu hududni to‘liq turistik zona sifatida rivojlantirish va rejadagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga (hozirda bu lavozimni Aziz Abduhakimov egallab turibdi) parallel ravishda, yangi tajriba tariqasida Bo‘stonliq tumaniga rahbarlik vazifasini yuklatish taklifini bergandi.

Mavzuga doir: Bo‘stonliq tumaniga Jo‘rabek Ahmedov hokim etib tayinlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют