» » Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe sog‘lig‘i yomonlashgani sabab iste’foga chiqadi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe sog‘lig‘i yomonlashgani sabab iste’foga chiqadi


Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe iste’foga chiqishi to‘g‘risidagi qarorini ma’lum qildi. U bu haqda hukmron “Komeyto” partiyasi lideri Natsuo Yamagutini xabardor qilgan, deb yozadi “RIA Novosti”.

Avvalroq Kiodo axborot agentligi Abe o‘z majburiyatlarini o‘rniga biror kishi tayinlanguniga qadar bajarish niyatida ekanligi to‘g‘risida xabar bergan. So‘nggi kunlarda OAV siyosatchining sog‘lig‘i yomonlashgani haqida yozmoqda. 28-avgust kuni Abening o‘zi buni tasdiqlagan.

“Abe bilan uchrashuvda bo‘lgan vakillardan birining ma’lum qilishicha, iste’foga kasalligi natijasida to‘g‘ri qaror qabul qila olmasligi sabab bo‘lmoqda”, — deyiladi agentlik xabarida. Kiodo nashri manbasining so‘zlariga ko‘ra, Abe o‘z majburiyatlarini bajarish qiyinlashganini aytgan.

Sindzo Abe yo‘g‘on ichak yallig‘lanishidan aziyat chekadi. Ushbu kasallik 2007-yilda ham iste’foga chiqishiga sabab bo‘lgan. Biroq keyinchalik u ahvolini o‘nglab, 2012-yilda yan bir bor bosh vazir etib saylangan edi. Yaqinda kasallik yana avj olgani to‘g‘risida ma’lum bo‘ldi.

24-avgust kuni Sindzo Abe ushbu lavozimda ishlayotganiga 2799 kun to‘ldi, bu yapon hukumati rahbarlari orasidagi eng uzoq davom etgan davr hisoblanadi.

Mavzuga doir: Sindzo Abe Yaponiya Ikkinchi jahon urushi dahshatlari yana bir bor qaytarilishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 128) ( 0) ( 126) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют