» » Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti tashkil etildi

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti tashkil etildi


Vazirlar Mahkamasining 26-avgust kuni “Andijon iqtisodiyot va qurilish institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, institutning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyot va qurilish sohasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, raqobatbardosh oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hisoblanadi.

Mazkur hujjatga muvofiq, institutda ta’lim faoliyati 2020/2021-o‘quv yilidan boshlanadi. Buning uchun institutga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga asosan belgilanadi.

Andijon shahrida joylashgan Andijon xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi bino va inshootlari institutga operativ boshqaruv huquqi asosida berilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, qarorda kelgusida institutda talabalar sonining oshishini inobatga olib, 2022-yilga va kelgusi yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturlariga 1200 o‘rinli o‘quv binosi va 400 o‘rinli talabalar turar joyini qurish loyihalarini kiritish nazarda tutilgan.

Avvalroq, iyul oyida O‘zbekistonda Geologiya fanlari universiteti tashkil qilingani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют