» » Moskvaning “Lokomotiv” klubi Jasur Jaloliddinovni RPL ro‘yxatidan o‘tkazdi

Moskvaning “Lokomotiv” klubi Jasur Jaloliddinovni RPL ro‘yxatidan o‘tkazdi


O‘zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov “Lokomotiv” futbolchisi sifatida Rossiya Premyer Ligasi (RPL) ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Bu haqda liga rasmiy saytida ma’lum qilindi. 18 yoshli futbolchi 28-avgust kuni ro‘yxatga olingan.

Shu tariqa Jasur 30-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan “Zenit”ga qarshi o‘yindayoq “Lokomotiv” safidagi debyutini nishonlashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” legionerlarga qo‘yilgan cheklov sabab Jaloliddinovni RPL ro‘yxatidan o‘tkaza olmayotgandi.

Jaloliddinov iyul oyida “Lokomotiv” safiga borib qo‘shildi va klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Avvalroq Jaloliddinov “Lokomotiv” klubi Jasur transferi uchun 1 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflashi va bu miqdorning 100 ming yevrosi “Bunyodkor”ga tegishi haqida xabar qilingandi.

Jasur Jaloliddinov — 2002-yil 15-mayda Navoiyda tug‘ilgan. 2018-yil 2-avgust sanasida “Bunyodkor” safida Superliga doirasida debyut o‘yinini “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘tkazgan. U debyut qilgan vaqtda 16 yosh 80 kunlik edi. Bu orqali u O‘zbekiston chempionatida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangandi. 2019-yil oktabrida The Guardian talqiniga ko‘ra, dunyoning eng iste’dodli 60 futbolchisi ro‘yxatida qayd etilgan. 2019-yil yakunlariga ko‘ra, Superliganing eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan. 2019-yil dekabrida Italiyaning “Benevento” klubi ko‘rigida bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют