» » PFL Jasur Jaloliddinov transferi bo‘yicha ish ochishni so‘rab O‘FAga murojaat qildi

PFL Jasur Jaloliddinov transferi bo‘yicha ish ochishni so‘rab O‘FAga murojaat qildi


O‘zbekiston Professional futbol ligasi (PFL) futbolchi Jasur Jaloliddinov transferi bo‘yicha ish ochishni so‘rab O‘zbekiston futbol assosiatsiyasiga (O‘FA) murojaat qilgan. Bu haqda PFL direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.

Imomxo‘jayevning ta’kidlanishicha, Jasur Jaloliddinovning transferida bir qancha shubhalantirgan jihatlar bor.

Jumladan:

Diyor Imomxo‘jayevning qo‘shimcha qilishicha, “Lokomotiv”ning TMS so‘roviga ikki hafta ichida javob qaytarilmasa, FIFA o‘z-o‘zidan futbolchi manfaati uchun qaror chiqarib beradi. Doston Hamdamov ishida ham shunday bo‘lgan. Ko‘rinishidan, ishni ikki hafta cho‘zib turish kimgadir kerak bo‘lgan. Ammo klubda rahbariyat almashishi, katta ehtimol bilan o‘sha rejalarni buzgan.

Bu boradagi savollar o‘rinsiz bo‘lib, balki hammasi reglament asosida amalga oshirilgan, shubhaga o‘rin yo‘qdir... Biroq endi buni isbotlab berish kerak bo‘ladi. TMS so‘roviga javob qaytarish uchun esa O‘FAda 10 kundan ortiq vaqt bor. De fakto Jaloliddinov “Lokomotiv” libosini kiyib ulgurgan bo‘lsa-da, de yure O‘zPFL uchun futbolchi hali-hamon “Bunyodkor” vakili hisoblanadi. Bunda albatta futbolchi va klub 2021-yilning apreliga qadar davom etishi kerak bo‘lgan shartnomani bekor qilib ulgurganini ham unutmaslik kerak. Bu birlamchi hujjat hisoblanadi.

Diyor Imomxo‘jayev, PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jaloliddinov “Lokomotiv” klubi bilan besh yillik shartnoma imzolagani, Moskva klubi esa Jasur transferi uchun 1 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflashi va bu miqdorning 100 ming yevrosi “Bunyodkor”ga tegishi haqida xabar qilingandi.

Jaloliddinov 2019/20-yilgi mavsum O‘zbekiston chempionatida 8 o‘yin o‘tkazib, bittadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют