» » Diyor Imomxo‘jayev: “Viloyat markazida 8 ta futbol maydoni turganda xalqaro talablarga javob beradigan stadionda test o‘tkazish mantiqsizlik”

Diyor Imomxo‘jayev: “Viloyat markazida 8 ta futbol maydoni turganda xalqaro talablarga javob beradigan stadionda test o‘tkazish mantiqsizlik”


Professional futbol Ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev sentabr oyida Toshkent shahri va viloyat markazlaridagi stadionlarda OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkazish borasida chiqarilgan qarorga o‘z munosabatini bildirdi.

“Cho‘x go‘zel”, o‘rtoqlar. 999 ta muammo bor vaqtda, yana bitta qo‘shilsa, hech narsa qilmaydi, qolaversa bu prezident topshirig‘i, mamlakatda vaziyat shunday. Faqat bitta jihatga e’tibor qaratish kerakki, birinchi galda sun’iy qoplamali maydonlar, 2-liga maydonlari va hokazolardan foydalanish mumkin. Test sinovlari ularning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi.

Hozir esa “Nasaf” futbol klubining asosiy stadioniga partalar kelishni boshladi. Masalan, Qarshida mana shuncha stadion bor:

Mana shuncha joy turgan vaqtda xalqaro talablarga javob beradigan “Nasaf” maydonida imtihon o‘tkazish mantiqsizlik. Uning rekonstruksiyasi uchun ham davlatning o‘zi pul ajratgan. Yaxshi futbol maydoni uchun kamida 2 yil vaqt va 600 ming dollardan kam bo‘lmagan mablag‘ kerak. Bir necha kunlik test shunga ko‘z yumish uchun as qotsa, demak barcha futbol maydonlaridan foydalanaverish mumkin.

O‘qish, olim bo‘lish albatta futboldan muhim. Ammo barpo etilgan va bir necha yillik mehnat singgan katta maydonlarni toptash kerak emas. Buning muqobil yechimlari albatta bor

Diyor Imomxo‘jayev, PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi

Biroz o‘tib Imomxo‘jayev Qashqadaryodan aloqa chiqishgani va “Nasaf”ning asosiy stadionida test o‘tkazilmasligini ma’lum qilishgani haqida xabar qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют