» » O‘zbekiston Liga Kubogi koronavirus sabab bekor qilinishi mumkin

O‘zbekiston Liga Kubogi koronavirus sabab bekor qilinishi mumkin


Professional futbol ligasi direktori birinchi o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtab qolgan futbol mavsumining davomi qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Mutasaddining ta’kidlashicha, joriy mavsum Liga Kubogi musobaqasi o‘tkazilmasligi mumkin. Superliga o‘yinlarini to‘liq o‘tkazib olish uchun esa iyul oyidagi tanaffusdan foydalanish varianti mavjud.

Liga Kubogidan voz kechilishi haqida

“Menimcha, birinchi navbatla Liga kubogi musobaqasi xavf ostida qoladi. Biz unga asos solingan ikkinchi yildayoq musobaqani xalqaro maqomga aylantirishga muvaffaq bo‘lgandik. Ya’ni, Qirg‘iziston va Tojikistonning umumiy 8 klubi ham musobaqalarda ishtirok etishi kerak edi.

Ayni holatda esa xalqaro reyslar va umuman mamlakatlararo kirib-chiqish masalasida xavf bor. Shundan kelib chiqib, turnirni bir yilga kechiktirsak, juda ko‘p narsa yo‘qotmaymiz (O‘FA iloji boricha mazkur turnirni o‘tkazish tarafdori, ammo vaziyat bizning qo‘limizda emas)”.

Superliga taqvimi borasida

“Superligada endigina 3 ta tur uchrashuvlari o‘tkazilgandi. Mavsum yakuniga qadar yana 23 ta turni o‘tkazib olishga bemalol ulguramiz, menimcha. Orada O‘zbekiston kubogi o‘yinlarini ham o‘z vaqtida o‘tkazish imkoniyati hozircha mavjud.

Bundan tashqari, OFK va FIFA bir qator xalqaro o‘yinlarni va sanalarni bekor qilgan. Bu ham o‘z navbatida bizning foydamizga yo‘l ochadi.

Shuningdek, bizda iyul oyida katta tanaffus bor. Juda bo‘lmagan holatda o‘sha vaqtga ham o‘yinlar qo‘yishga majbur bo‘lishimiz mumkin”.

Futbol mavsumi qachon boshlanishi haqida

“Hukumat mana shu sanadan sizlarga ruxsat desa, biz o‘sha kunning o‘zidayoq yangi taqvim uchun o‘tiramiz. Kayfiyatimiz optimistik, ko‘p muammo ko‘rayotganimiz yo‘q. El boshiga kelgan ishni birgalikda albatta yengib o‘tsak kerak”, — deydi Imomxo‘jayev.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют