» » Navoiyda yoqotilgan telefon sabab kelib chiqqan janjalda 20 yoshli fuqaro tanishini pichoqlab oldirdi

Navoiyda yoqotilgan telefon sabab kelib chiqqan janjalda 20 yoshli fuqaro tanishini pichoqlab oldirdi


Navoiy shahrida yoqotilgan telefon sabab kelib chiqqan janjalda 20 yoshli fuqaro 24 yoshli tanishining qotiliga aylandi. Bu haqda Daryoga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Oktam Usmonov xabar berdi.

Malum bolishicha, 2020-yilning 15-avgust kuni Navoiy shahrida yashovchi Nodir, Rustam, Sherzod va Hasan 20 yoshli tanishi Zuhriddinning (barcha ismlar ozgartirilgan) ijaraga olingan uyida toplanib, spirtli ichimlik istemol qilgan. Bazm tugagach, ular tungi soat 02:30 da uyiga tarqalish uchun kochaga chiqqan. Shunda Sherzod telefoni yoqolganini payqab, uni izlashga tushgan.

24 yoshli Sherzod qol telefonini axlat qutisidan topishiga qaramasdan, bunda tanishi Zuhriddinni ayblab, u bilan tortishgan. Natijada mast tanishlar ortasida janjal kelib chiqqan. Spirtli ichimlik tasiridaZuhriddin yonida bolgan oshxona pichogini tanishi Sherzodning kokrak sohasiga sanchgan.

Ularni kuzatishga chiqqanimda taksi kutishayotgan ekan. Men Sherzod otirgan taksiga otirganimda u meni ura boshladi. Ozimni boshqarolmay qoldim. Chontagimda oshxona pichogi bor edi. Pichoqni qanday olib, uning kokragiga sanchganimni sezmay qoldim. Ozim otasiz osganim yetmagandek yana bir norasidaning otasiz osishiga sababchi boldim, deydi 20 yoshli Zuhriddin tergov jarayonida.

Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Navoiy filiali shifokorlariga kora, 24 yoshli Sherzod kokrak qafasi ong yarmiga pichoq sanchilishi oqibatida kesilgan jarohati, pastki kovak venasi va yurak ong qorinchasi jarohatlanishi, yurak tamponadasi, ong opka orta bolagi jarohatlanishi oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 20 yoshli Zuhriddinga Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qozgatilgan. Hozirda Navoiy shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bolimi tomonidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (29-08-2020, 11:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -