» » Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba ramzining nusxasi O‘zbekistonga sovg‘a qilindi (foto)

Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba ramzining nusxasi O‘zbekistonga sovg‘a qilindi (foto)


27-aprel, payshanba kuni “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari muzeyida Suvorov bilim yurti, kadetlar litseyining turli yillardagi bitiruvchilariga uchrashuv kechasini tashkil etdi, deb xabar berdi “Review.uz”.

Tantanali qism askar haykali poyiga gul qo‘yishdan boshlandi.

“Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Viktor Shulik barcha yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan G‘alaba kuni hamda Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi.

Kadetlar korpusining mashhur musulmon bitiruvchilari haqida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutining tarix bo‘limi mudiri Ravshan Nazarov so‘zlab berdi.

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining mudofaa masalalari bo‘yicha attashesi Sergey Chernishev O‘zbekiston Qurolli Kuchlari davlat muzeyiga Reyxstagga o‘rnatilgan G‘alaba bayrog‘ining nusxasini taqdim etdi.

Shuningdek, Sergey Chernishev marosimda ishtirok etgan Suvorov harbiy bilim yurtining bitiruvchilariga “Suvorov bilim yurtiga 70 yil” medallarini topshirdi.

“Veteran” birlashmasi raisi Tal’at Murodov muzeyga Turkiston harbiy okrugining 40-armiyasiga tegishli nishon va eksponatlar to‘plamining nusxasini taqdim etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют