» » Mustaqillik kuni Toshkent shahri va viloyatlar markazida mushakbozliklar cheklanadi. Respublika maxsus komissiyasi aholiga murojaat bilan chiqdi

Mustaqillik kuni Toshkent shahri va viloyatlar markazida mushakbozliklar cheklanadi. Respublika maxsus komissiyasi aholiga murojaat bilan chiqdi


Ozbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash yuzasidan Respublika maxsus komissiyasi mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi.

Muhtaram Vatandoshlar!

Avvalambor, barchangizni yaqinlashib kelayotgan eng ulug, eng aziz bayram Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligi bilan chin yurakdan samimiy tabriklaymiz.

Bugun Ozbekiston oz taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qoymoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Ozbekistonning yangi, ochiq, demokratik va insonparvar qiyofasi yaratilmoqda. Jonajon xalqimizning ertaga emas, bugun baxtli yashashi uchunamalga oshirilayotgan mazkur islohotlarning tasirini har bir yurtdoshimiz ozi va oilasi misolida korib, sezib turibdi.

Oyning on beshi yorug, on beshi qorongu bolganidek, hayot ham turli sinov va qiyinchiliklardan iborat. Buni butun yer yuzi aholisini jiddiy tashvishga solayotgan xavf pandemiya misolida ham korish mumkin.

Bizga ham, afsuski, bu sinov yetib keldi. Kutilmaganda hayot tarzimizni, odatlarimizni, bir maromda ketayotgan jarayonlarni ozgartirishimizga, yangi talab va shartlar asosida yashashga organishimizga togri keldi.

Besh oydan ortiq vaqt davomida davlatimiz rahbarining topshiriqlari va korsatmalariga muvofiq bu xatarni imkon qadar kam talafot bilan yengib otish uchun barcha zarur choralarni korib kelmoqdamiz.

Korilgan samarali chora-tadbirlar hamda tibbiyot hodimlarining fidokorona xizmatlari natijasida bugungi kunga kelib Ozbekistonda koronavirus yuqtirgan jami 40 mingdan oshiq fuqarolarimizning qariyib 38 mingga yaqini yoki 93 foizi sogaydi, 2 ming 700 dan ziyod bemorni davolash va oilasi bagriga qaytarish choralari korilmoqda.

Vaziyat, ayniqsa, Toshkent shahrida ijobiy tomonga ozgarmoqda. Yaqinda Rossiya, Germaniya va Xitoydan taklif etilgan shifokorlar hududlar ortasida taqsimlangani, xorijlik ekspertlar asosan ogir ahvoldagi kasallarni eng zamonaviy uslublar asosida, tizimli ravishda davolashga jalb etilgani ozining yaxshi samarasini berdi.

Mazkur yonalishda amalga oshirayotgan shu va boshqa chora-tadbirlarimiz yaqin kunlarda ozining ijobiy samarasini korsatishiga, barcha yurtdoshlarimiz yanada jipslashib, har tomonlama tartib-intizomni saqlagan holda, yuksak onglilik va masuliyat korsatib, motabar keksalarimizning duoi fotihalari bilan bu sinovdan eson-omon otishimizga, qattiq ishonamiz.

Kasallik tarqalishining suratini pasaytirish va jarayonni jilovlab turishda ommaviy tadbirlar va turli marosimlardan voz kechishning ahamiyati katta ekanini bugun yaxshi anglab yetdik. Xalqimiz salomatligi har narsadan ustun turishini, inson hayoti eng oliy qadriyat ekanini ham pandemiya davri bizga yana bir bor eslatdi, korsatdi.

Vujudga kelgan murakkab sharoitni hisobga olib, bu yilgi qator bayramlar va ommaviy tadbirlar otkazishni vaqtincha toxtatganimizdan barchangiz xabardorsiz.

Mana, yurtimiz mustaqilligining 29 yillik ayyomi ham yaqinlashib kelyapti. Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga muvofiq, pandemiya sharoitida mazkur buyuk sanani nishonlash tartibini kelishib olish uchun sogliqni saqlash tizmining vakillari bilan maslahat qildik. Albatta, bunda ham asosiy vazifa xalqimiz salomatligini asrashnuqtayi nazaridanmasalagayondashildi.

Pandemiya bilan bogliq vaziyat bu yil joylarda katta yigin va ommaviy sayillar otkazishni, shuningdek, bog va kongilochar maydonchalarda konsert dasturlari tashkil etishni, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida mushakbozliklarni cheklashni talab qilmoqda. Shuning uchun ushbu ulug sanani koproq oila davrasida nishonlashni tashkil etish maqsadga muvofiq, degan qarorga keldik.

Korxona va tashkilotlarda ham bayram tadbirlari rejalashtirilgan taqdirda, ularni sanitariya normalariga qatiy rioya etgan holda otkazish kerakligini alohida takidlamoqchimiz.

Ushbu kunlar biz uchun har qachongidan-da, sinovli boladi. Korilayotgan choralar qanchalik natija berishi tez orada ayon boladi.

Shu munosabat bilan, har birimiz pandemiya sharoitida yashash va ishlashga, harakatlarimizda epidemilogik talablarga sozsiz amal qilishga odatlanishimiz kerak.

Shu bois, hokimlar, sektor rahbarlari va vazirlarga doimiy ravishda vaziyatni tahlil qilib, COVID-19 tarqalishini qatiy cheklash, bemorlarni samarali davolash va ehtiyojmandlarga yordam berish boyicha barcha choralarni korib borish topshiriladi.

Aziz va muhtaram yurtdoshlar!

Nasib etsa, tez orada bu tashvishli kunlar ortda qoladi. Bunday sayil-tomoshalarni, toy-u tantanalarni alo kayfiyatda el-yurtimiz bilan birgalikda hali juda kop otkazamiz. Zero, sog-salomat ota-ona bagrida oynab-kulib yurgan farzandlarimiz, duoyu fotihalari va maslahatlari bilan boshimizga toj bolib turgan ota-onalarimiz davrasida bayramni nishonlash ham katta nemat ekanini bugun har qachongidan ham yaxshiroq anglab turibmiz.

Ozingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling!Mustaqillik ayyomingiz muborak bolsin!

Mavzuga doir:

Malumot uchun, Ozbekistonda koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23-martdan etiboran ommaviy tadbirlar, xususan, toy-marosimlarning otkazilishitaqiqlangan edi. Ushbutaqiqdansongtoy marosimlarini otkazishgauringanlarga nisbatan hatto jinoyat ishi hamqozgatildi. Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashib, nisbatan nazorat ostiga olingach, Respublika maxsus komissiyasining 30-maydagi qarori bilan yashil toifaga kiritilgan hududlarda oilaviy tantana, toy, maraka va marosimlarni 30 kishidan kop bolmagan holda otkazishgaruxsat berildi.

Mamlakatda koronavirus bilan bogliq vaziyat keskinlashayotgani sababli 10-iyuldan boshlab mamlakatda toylarni otkazish yanataqiqlangandi. Ozbekistonda karantin yumshatilishi asnosida, 15-avgustdan boshlab 30 kishiliktoylar otkazilishiga, mahalliy avia va temiryolqatnovlarigaruxsat berilgan. Shuningdek, 17-avgustdan masjidlarfaoliyati hamqayta yolga qoyilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (29-08-2020, 13:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
:
-
:
20 ... -