» » Ertalab tetiklikka qahvasiz erishish usullari

Ertalab tetiklikka qahvasiz erishish usullari


Qahva yordamida hal qilinadigan doimiy muammolar — ertalabki ruhiy tetiklik va aqliy tiniqlikni boshqa usullar bilan ham amalga oshirish mumkin. Qanday uyg‘onish va ertalabki tetiklikni his qilish to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Agar ertalabdan tarkibida kamida 10 gramm oqsili bo‘lgan biror ovqat yesangiz, qonda qand miqdori oshadi. Ayni zamonda siz organizmdagi energiya zaxirasini ham to‘ldirasiz.

Sovuq yurakning tezroq faoliyat ko‘rsatishini va miyaga qisqa vaqt ichida qon yetkazib berilishiga yordam beruvchi adrenalin gormonlari ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Shuning uchun ertalabki bir piyola sovuq suv organizmdagi suyuqlik zaxirasini to‘ldirish bilan birga ajoyib tarzda tetiklashtiradi ham.

Qahvaning tetiklashtirishiga shubha yo‘q, lekin bu ichimlikka haddan tashqari berilish asabiylikning oshishiga olib kelishi mumkin. Ko‘k choy esa butunlay boshqacha: bir tomondan unda ruhiy tetiklikni tiklashga yetadigan kofein bor, ikkinchi tomondan esa ichimlik tarkibida o‘ziga xos moddalar — xotirjamlik va diqqat-e’tiborni bir joyga to‘plashga yordam beruvchi katexinlar mavjud.

Bir maromdagi chuqur nafas miyani unga har qanday paytda aqlning tiniqligini saqlash uchun zarur bo‘ladigan kislorod bilan to‘ldiradi.

Quyoshli kunda tashqarida bor-yo‘g‘i 15 daqiqa sayr qilish faoliyat ko‘rsatish uchun zarur hisoblanuvchi D vitaminidan bahramand bo‘lishga yetarlidir.

Muntazam ravishda jismoniy faollik quvvat bag‘ishlaydi va organizmda kayfiyatni ko‘taruvchi serotonin miqdorini oshiradi.

Manba: “Anysports.tv”

Опубликовано: admin (28-04-2017, 17:28)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют