» » Germaniyada avtomobillar kiritilmaydigan shahar quriladi

Germaniyada avtomobillar kiritilmaydigan shahar quriladi


Berlin yaqinidagi Bukko tumanida Buckower Felder nomli kichik shahar quriladi. Avtomobillar kirishi taqiqlangan aholi punkti 16 gektar maydonni egallaydi, deb xabar beradi Motor.

Shahar hududiga 900 ta xonadondan iborat 40 ta ko‘p qavatli uy quriladi, bu yerda ijara haqi bir kvadrat metr uchun 6,5 dan 10 yevrogacha bo‘ladi. Binolar minimal darajada karbonat angidrid chiqaruvchi issiqlik tizimi bilan jihozlanadi, atroflarga daraxtlar ekiladi.

Shahar binolari avtomobillar yo‘llari o‘rniga piyodalar va velosiped yo‘laklari bilan birlashtiriladi. Xonadon egalari o‘z mashinalari shahar atrofiga quriladigan garajlarda qoldirishi mumkin — Buckower Felder hududida avtomobillar kirishi taqiqlanadi. Shaharda istiqomat qiladigan har bir fuqaro 125 metr kvadratga teng avtoturargohga ega bo‘ladi.

Ekologik toza shaharni qurish 2021-yilda boshlanib, 2024-yilda yakunlanishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: Olimlar daraxtlar ko‘p hududda ulg‘aygan bolalarning aqliy salohiyati darajasi yuqori bo‘lishini aniqladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют