» » Video: Surxondaryoda 11 yoshli o‘g‘liga avtomobil boshqaruvini topshirgan otaga chora ko‘rildi. Otaning o‘zida ham hujjatlar yo‘q

Video: Surxondaryoda 11 yoshli o‘g‘liga avtomobil boshqaruvini topshirgan otaga chora ko‘rildi. Otaning o‘zida ham hujjatlar yo‘q


Surxondaryo viloyatida voyaga yetmagan farzandiga xalqaro ahamiyatga ega yo‘lda Labo yuk mashinasini boshqarishga ruxsat berib qo‘ygan otaga nisbatan chora ko‘rildi. Bu haqda IIV YHXBB xabar qildi.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati hududidan o‘tgan M 41 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lida xizmat olib borayotgan YPX xodimi A.Choriyev Labo rusumli yuk avtomobilini to‘xtatgan vaqtida, haydovchi 11 yoshli, 5-sinfda o‘qiydigan Ulug‘bek ismli bola ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Voyaga yetmagan bolaning yonida, avtomobilning old o‘rindig‘ida, otasi ham bo‘lgan. YPX xodimi bilan suhbat davomida ota “O‘g‘limga ishonaman. O‘zim ham oliy ma’lumotliman” degan so‘zlar bilan vaziyatni oqlamoqchi bo‘lgan.

Xodim otasidan me’yoriy hujjatlarini so‘raganda, ota ham hech qanday hujjat taqdim eta olmagan. Qoidabuzarliklar yuzasidan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют