» » “Buxoro” bosh murabbiyi: “Hakam o‘yinga to‘rt daqiqa qo‘shib berdi, biz esa 10 daqiqa o‘ynadik”

“Buxoro” bosh murabbiyi: “Hakam o‘yinga to‘rt daqiqa qo‘shib berdi, biz esa 10 daqiqa o‘ynadik”


“Buxoro” bosh murabbiyi Jamshid Saidov Coca-Cola Superliga 13-turi doirasida OKMKga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yin haqida nima deyishim mumkin? Birinchi o‘rinda futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular haqiqiy xarakter ko‘rsata oldi. Afsuski, oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarishda davom etamiz.

Bu uchrashuvda himoyada o‘ynadik, qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qildik. Boshqa izohga hojat yo‘q.

Jamoamizda moliyaviy muammolar bor. Shu bois yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapmiz. Umid qilamanki, tez orada muammolar bartaraf etiladi.

Stadionimiz tayyor emasligi sabab ikkinchi davrada “Paxtakor” bilan Toshkentda o‘ynashimiz mumkin. Bizga farqi yo‘q, har qanday holatda ham neytral maydonda o‘ynaymiz.

Himoyachi tushganidan keyin hech qanday sarosima bo‘lmadi. Hakamlarni ishini baholaydigan insonlar bor. Penalti bor yo‘qligi haqida biror narsa deya olmayman. Hakam to‘rt daqiqa qo‘shib berdi, biz esa 10 daqiqa o‘ynadik. Himoyachilar, qolgan chiziq vakillari hisobni ushlab qolish uchun harakat qildi. Sarosima bo‘lmadi deb o‘ylayman.

Jamshid Saidov, “Buxoro” bosh murabbiyi

“Buxoro” 13 turda 7 ochko to‘plagan holda musobaqa birinchi davrasini 13-o‘rinda yakunladi. Jamoa keyingi uchrashuvni “Paxtakor”ga qarshi o‘tkazadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 137) ( 0) ( 135) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют