» » Neymar 13 yildan buyon hamkorlik qilib kelayotgan Nike bilan shartnomani bekor qiladi

Neymar 13 yildan buyon hamkorlik qilib kelayotgan Nike bilan shartnomani bekor qiladi


PSJ klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Puma kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydi.

28 yoshli futbolchi 13 yillik hamkorlikdan keyin Nike bilan aloqani uzadi.

Nike 2011-yili o‘sha vaqtda “Santos”da harakat qilgan Neymar bilan 11 yillik bitim tuzgandi.

RMC Sport’ning xabar qilishicha, Neymar 2020-yilning avgust oyidagi Nike bilan hamkorlikni to‘xtatadi. Uning amaldagi kelishuvi 2022-yilga qadar mo‘ljallangandi.

Ta’kidlanishicha, Puma futbolchiga moliyaviy tomondan juda foydali kelishuv taklif qilgan. Bu kompaniya tarixidagi ulkan bitimlardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Ammo uning moliyaviy tafsilotlari ma’lum emas.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют