» » Oliy ta’lim vazirligi: rektorlar abituriyentlarga SMS yuborib, ular bilan muloqot qilmoqda

Oliy ta’lim vazirligi: rektorlar abituriyentlarga SMS yuborib, ular bilan muloqot qilmoqda


O‘zbekistondagi davlat OTMlari rektorlari o‘zlari rahbarlik qilayotgan oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirgan abituriyentlarga SMS xabarnomalar yubormoqda. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bergan.

Xabarga ko‘ra, OTM vakillari test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarida bevosita ishtirok etmaydi, ammo rektorlar nomidan ular rahbarlik qilayotgan OTMni tanlagan abituriyentlarga SMS orqali murojaat qilinib, talaba bo‘lish istagidagi odamlar bilan muloqot yo‘lga qo‘yilmoqda.

“Abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatgan telefon raqamiga SMS-xabarnoma jo‘natilib, rektor murojaatining manziliga havola ko‘rsatiladi. E’tiborli jihati, abituriyent elektron manzilga kirib, o‘zining pasport seriyasi va raqami yoki ro‘yxatdan o‘tishda qayd etilgan telefon raqamini kiritsa, rektorning shaxsan abituriyent nomiga yo‘llangan murojaati ochiladi.

Murojaatda imtihonlar boshlanish kuni, o‘zi topshirgan yo‘nalishga ro‘yxatdan o‘tgan talabalar soni, abituriyent ruxsatnomasini olish bo‘yicha ko‘rsatma, universitetga taalluqli qabul yangiliklarini olish mumkin bo‘lgan internet manzillari hamda savollar tug‘ilganda murojaat qilish mumkin bo‘lgan telefon raqamlari va bot manzillari kiritilgan”, — deyiladi vazirlik xabarida.

“57 399 nafar abituriyentning telefon raqamlariga SMS-xabarnoma orqali murojaatimni o‘qish mumkin bo‘lgan havolani yubordik. Bundan tashqari internet sifati past bo‘lgan hududlar aniqlanib, shu hududda yashovchi abituriyentlarga telefon orqali kerakli ma’lumotlar berib boramiz. Umuman olganda, bironta ham abituriyent ushbu ma’lumotlardan bexabar qolib ketmasligini ta’minlaymiz”, — degan Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yo‘ldoshev.

Avvalroq O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar ro‘yxati e’lon qilingandi.

Oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari 2-sentabrdan boshlanib, 14 kun davom etadi, bakalavr bosqichining 1, 2, 3, 4-bosqich talabalariga hozircha sentabr oyidan boshlab masofaviy ta’lim boshlanadi.

Respublika ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar avvalgi yillarda olingan mos fan bo‘yicha test sinovlari bilan almashtirilgan.

Avval abituriyentlarga har 30 ta test topshirig‘ini yechish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 90 daqiqa (60 ta test topshirig‘iga jami 180 daqiqa beriladi) vaqt ajratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют