» » BMT nogironlarning oliy sudlovda ishtirok etishini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqdi

BMT nogironlarning oliy sudlovda ishtirok etishini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqdi


Birlashgan millatlar tashkilotining ekspertlari (BMT) nogironligi mavjud shaxslarning oliy sudlovda qatnashishini ta’minlash bo‘yicha birinchi qoidalar to‘plamini ishlab chiqdi va nashr qildi.

“Imkoniyatlari cheklangan shaxslarning oliy sudlovda erkin ishtirok etishini ta’minlash prinsiplari va rahbariy nizomi” BMTning nogironlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi, profil qo‘mitasi va tashkilot bosh kotibining maxsus elchisi tomonidan ishlab chiqilgan, deyiladi BMT axborot xizmatining xabarida.

“Hozirda ijtimoiy va jismoniy to‘siqlar ularning oliy sudlovda ishtirok etishiga ko‘pincha to‘sqinlik qiladi. Sud binolari yoki politsiya mahkamalarida nogironlar uchun sharoitlar yetarli darajada emas. Ayrim davlatlarda suddagi mansabdor shaxslar yoki politsiyachilar nogironligi bo‘lgan kishilarning sud muhokamalarida qatnashishi yoki advokat bilan maslahatlashuv qilishiga shubha bilan qaraydi. Biz ushbu mamlakatlarga muammolarni bartaraf qilish va inson huquqlarining poymol bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida ko‘mak bermoqchimiz”, — degan nogironlar huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachi Katalina Devandas Agilar.

Hujjatda nogironligi bo‘lgan shaxslarning oliy sudlovdagi ishtirokini ta’minlash bo‘yicha 10 ta asosiy jihat keltirib o‘tilgan. Qoidalarda yo‘riqnoma asosida ushbu ishlarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar ham mavjud.

Hujjat nogironlar huquqlari bo‘yicha ekspertlar, imkoniyati cheklangan kishilar va yuristlarning tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Ushbu qoidalar Nogironlar xalqaro alyansi va xalqaro Yuristlar komissiyasi tomonidan tasdiqlangan.

“Biz ko‘plab mamlakatlar endi imkoniyati cheklangan odamlarni va ularning vakillari guruhini bo‘yicha o‘z qonunchiligiga va yuridik jarayonlarga o‘zgartirishlar kiritishi, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda adliya organlarida bu borada ta’limni yo‘lga qo‘yishiga ishonamiz”, — deyiladi xalqaro Yuristlar komissiyasining ekspertlari xulosasida.

2019-yil iyul oyida BMTning sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan O‘zbekistonga kelgandi. U o‘z ma’ruzasida qayta ta’mirlangan sud binolaridagi sharoitlar nogironlar uchun yetarli darajada emasligini qayd etgan. Garsiya-Sayanning so‘zlariga ko‘ra, u suhbatlashgan odamlar sudlarda, ayniqsa, shaharlarda uzoqda joylashgan binolarda nogironlar uchun sharoitlar yo‘qligini bildirgan.

BMT vakili sud tizimida nogironlar uchun surdotarjimonlar yetarli emasligi, xususan, sud qarorlari sensor, intellektual yoki psixosotsial yetishmovchiligi bo‘lgan insonlarga yetkazilishi uchun hujjatlar ishlab chiqilmagani haqida fikr bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 19) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют