» » Hindistonning sobiq prezidenti koronavirus oqibatida vafot etdi

Hindistonning sobiq prezidenti koronavirus oqibatida vafot etdi


COVID-19 bilan kasallangan Hindistonning sobiq prezidenti Pranab Mukerji 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“O‘gir qayg‘u bilan sizlarga ma’lum qilamanki, kasalxona shifokorlari va butun Hindistondagi odamlarning duolariga qaramasdan, otam Shri Pranab Mukerji hozirgina vafot etdi”, — deb yozgan sobiq prezidentning o‘g‘li o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi sobiq prezidentning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan. “Hindiston Pranab Mukerjining o‘limi sabab motam tutmoqda. U mamlakatimiz rivoji yo‘lida o‘chmas iz qoldirdi. Ajoyib olim, yetuk davlat arbobi, undan butun siyosiy sohaning vakillari va jamiyatning barcha qatlami ilhom oldi”, — deya yozgan Modi Twitter’da.

Shuningdek, Narendra Modi 2014-yilda bosh vazir lavozimiga kirishganda Mukerji uni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgan.

Mukerji 10-avgust kuni kasalxonaga yotqizilgan, o‘sha kuni uning bosh miyasida trombni olib tashlash bo‘yicha operatsiya o‘tkazilgan. Shuningdek, kasalxonada unda koronavirus borligi ham aniqlangan. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, so‘nggi kunlarda Mukerjida pnevmoniya va buyrakning ishdan to‘xtashi kuzatilgan.

Pranab Mukerji 2012—2017-yillarda Hindiston prezidenti lavozimini egallagan.

Mavzuga doir: Koronavirusni tan olmagan Burundi prezidenti vafot etdi. U koronavirusga chalinganlik gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgan edi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют