» » Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori vafot etdi. U koronavirusdan davolanayotgan bo‘lgan

Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori vafot etdi. U koronavirusdan davolanayotgan bo‘lgan


Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori To‘lqin Ashurov vafot etdi. Bu haqda Qashqadaryo sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Bosh shifokor o‘limi haqida xabar bergan boshqarma axborot xizmati marhum nimadan vafot etganini ochiqlamagan.

“Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori o‘rinbosari Odil Poyonov marhum koronavirusdan davolanayotganini ma’lum qildi.

“Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusdan davolanib kelayotgan edi. Bugun vafot etdi”, — dedi marhumning hamkasbi Odil Poyonov.

Ma’lum bo‘lishicha, marhum To‘lqin Ashurov 51 yosh bo‘lgan. U Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tavallud topgan. 2017-yildan buyon Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari ham koronavirusdan vafot etgandi. Marhum boshqarma huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi rahbari edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют