» » Ukraina Chernobildagidan ham kattaroq ekologik falokatga duch kelishi mumkinligi haqida ogohlantirildi

Ukraina Chernobildagidan ham kattaroq ekologik falokatga duch kelishi mumkinligi haqida ogohlantirildi


Ukraina Chernobil AESdagi portlashdan ham ortiq bo‘lgan yangi ekologik falokatga duch kelishi mumkin. Bu haqda Donbass bo‘yicha uch tomonlama aloqa guruhidagi Ukraina delegatsiyasi rahbari o‘rinbosari, Ukrainaning birinchi bosh vaziri Vitold Fokin ogohlantirgan.

Uning aytishicha, Donbassdagi infratuzilmaning vayron bo‘lishi ko‘plab shaxtalarning “taqdir hukmiga tashlab qo‘yilishi”ga sabab bo‘ldi suv to‘plagichlar esa to‘lib ketgan. Vitold Fokin zudlik bilan ularni tozalash bo‘yicha ishlarni tashkil etish zarurligi, aks holda suv barcha mahalliy daryo va ko‘llarni to‘ldirishi, keyin esa Azov va Qora dengizga quyilishi mumkinligini ta’kidlagan.

“Ko‘pchilik bunga ko‘z yummoqda, lekin yaqinlashib kelayotgan falokat Chernobil AESdagi avariyadan ham kattaroq bo‘lishi mumkin. O‘ylab o‘tirishga vaqt yo‘q”, — deya so‘zlarini yakunlagan Fokin.

Ma’lumot uchun, Chernobil fojiasi 1986-yil 26-aprelda Ukrainaning Kiyev shahrida, AES 4-blokida portlash tufayli yuz bergan. Portlash ishchilar tajriba olib borishda xatoga yo‘l qo‘ygani bois sodir bo‘lgan. Avariya oqibatida 190 tonna radioaktiv modda tashqariga chiqqan. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 31-300 kishi radiatsiyalangan. 160 ming kvadrat metr joy zararlangan. 400 ming odam ko‘chirilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют