» » Xiaomi bir mamlakatdagi do‘konlari soni bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Xiaomi bir mamlakatdagi do‘konlari soni bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi


Xiaomi kompaniyasi o‘z faoliyatini bundan 10 yil oldin boshlagan. Bu vaqt davomida kompaniya uzoq yo‘lni bosib o‘tdi, ko‘plab xatoliklarga ham yo‘l qo‘ydi va tajriba orttirdi. Masalan, ishlab chiqaruvchi dastlab o‘z gadjetlarining faqat onlayn-savdolari bilan shug‘ullangan, biroq keyin hisob-kitob qilib, chakana savdo bilan shug‘ullanishga o‘tgan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Kompaniyaning Hindistondagi savdosi yaxshi natijaga erishgan. Xiaomi hatto bu mamlakatdagi savdo nuqtalari soni bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan.

Kompaniya birinchi bor 2018-yilning noyabrida 500 ta do‘kon ochib rekord o‘rnatgan. 2019-yilning avgustiga kelib esa xitoyliklarning 2000 ta do‘koni bor edi. So‘nggi bir yil ichida ular yana 1000 ta do‘kon ochib, 3 minglik marrani zabt etdi — bu birgina mamlakatning o‘zidagi ko‘rsatkich.

Xiaomi India’ning operatsion direktori Muralkrishna Bning so‘zlariga ko‘ra kompaniya erishilgan natijalari bilan to‘xtab qolish niyatida emas. “Biz faoliyat ko‘lamimizni hamkorlarimiz va muxlislarimiz yordamida yanada kengaytirish niyatidamiz”, — deydi kompaniya top-menejeri.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют