» » Sutkasiga 8 soatdan kam uxlash ortiqcha vazn to‘plashga sabab bo‘ladi. Ushbu muammoga qanday yechim topish mumkin?

Sutkasiga 8 soatdan kam uxlash ortiqcha vazn to‘plashga sabab bo‘ladi. Ushbu muammoga qanday yechim topish mumkin?


Surunkali uyqusizlik organizmda turli jarayonlarning ishdan chiqishiga olib kelish sir emas. Kayfiyat yomonlashishi, teri, xususan, yuz rangi o‘zgarishi, ishga bo‘lgan layoqat yomonlashishidan tashqari uyqusizlik vazn to‘plashga ham sababchi bo‘lishi mumkin.

Sababi nimada?

So‘nggi tadqiqotlarda aniqlanishicha, uyqusizlik organizmning gormonal faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keladi. Gap shundaki uyqu yetishmasligi sabab uyqu gormoni grelin me’yoridan uch baravar ortiq ajralib chiqadi va buning oqibatida odam doimgidan ko‘proq ochlik his qila boshlaydi. Statistika ma’lumotiga ko‘ra, inson tunni uyqusiz o‘tkazsa, o‘rtacha 385 kkal ko‘proq ovqatlanadi. Bir qarashda ushbu raqam uncha katta emasdek tuyilishi mumkin, lekin surunkali uyqusizlik oqibatida har ortiqcha kaloriya yig‘ilib vazn to‘planishiga olib keladi.

Yana bir sabab jismoniy faollikning kamaygani bilan namoyon bo‘ladi. Agar siz atigi ikki soatgina uxlagan bo‘lsangiz, unda mashqlardan oldin bir necha finjon qahva ichish, mashqlarni barini bajarish ham sizni tetiklashtira olmaydi. Uyqusizlik oqibatida maishiy faollik ham susayadi buni oddiy harakatlanish, yurish, zinalardan tushib-chiqish davomida ham sezish mumkin bo‘ladi.

Nima qilish kerak?

Eng oddiy va oson yechim — to‘yib uxlang. Rejimingizni nazorat qiling, lekin ish yoki o‘qishingiz sabab kechasi bilan ishlashga majbur bo‘lsangiz iste’mol mahsulotlaringiz va ratsioningizga ehtiyot bo‘ling.

Yuqorida ta’kidlanganidek, uyqusizlik sabab ochlik gormoni grelin ko‘p ajralib, nimadir yeyish kerak degan fikr hayoldan ketmaydi. Bu esa kartoshka chips, shokolad bo‘lagi, tort yoki gamburgerni beixtiyor iste’mol qilishga olib keladi. Siz tunda yetarlicha uxlay olmagan bo‘lsangiz, ertangi kungi ratsioningizdan donli mahsulotlar, sekin hazm bo‘ladigan uglevodlar, o‘simlik oqsili, to‘yinmagan yog‘ manbayi bo‘lgan go‘sht, tuxum va soya mahsulotlari o‘rin olishi kerak. Mazkur mahsulotlar ochlik hissini qondirib, bir finjon qahva beradigandan kam bo‘lmagan energiya bilan  ta’minlaydi va keraksiz kilolar to‘planishini oldini oladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют