» » Kechasi yaxshi uxlay olmayapsizmi? Bu holat 7 ta xavfli kasallik tufayli kuzatilayotgan bo‘lishi mumkin

Kechasi yaxshi uxlay olmayapsizmi? Bu holat 7 ta xavfli kasallik tufayli kuzatilayotgan bo‘lishi mumkin


Kechasi yaxshi uxlay olmaslik yoki uyqu bilan bog‘liq muammolarning bir haftadan ortiq davom etishi, shifokorga murojaat qilish vaqti kelganini eslatadi.

Quyida sizga uyqusizlik qanday xavfli kasalliklardan ogohlantirishi mumkinligi haqida ma’lumot beriladi.

Yurak kasalliklari

Amerika kardiologiya kolleji mutaxassislari ma’lumotiga ko‘ra, yurak xastaligi bilan og‘rigan bemorlarning 44 foizi turli xil uyqu muammolariga duch keladi. Shifokorlar fikricha, bu kun davomida qo‘l-oyoqda to‘planib, tunda butun tanaga tarqaladigan suyuqlikning turg‘unligi bilan bog‘liq. Agarda uyqusizlik yoki kechasi tez-tez uyg‘onish holati yuz bersa, shifokorga murojaat qilish va yurakni EKG va ultratovush tekshiruvidan o‘tkazish kerak.

Qalqonsimon bez kasalliklari

Gipertireoz – qalqonsimon bez funksiyasi kuchaygan holatidir. Bu organizmning metabolik funksiyasini ham tezlashtiradi. Odamni tashvishlanish, asabiylashishga, shuningdek, quvvatning ko‘payishiga olib keladi. Bunday holat kechasi uxlashga to‘sqinlik qiladi.

Agarda shunday holat kuzatilsa yoki qalqonsimon bezning boshqa alomatlari sezilsa endokrinolog bilan bog‘lanish zarur.

Artrit

Artritli odamlarning 80 foizida uyqu muammolari mavjud. Bu nafaqat og‘riq, balki organizmda yallig‘lanish jarayoni bilan yuzaga keladi. Shuningdek, tashvishlanishning kuchayishiga olib keladi.

Tunda uxlay olmaydigan, kelajak haqida doimiy tashvishlanadigan odamlarga bezovtalikka qarshi dorilar va albatta, artrit mutaxassisi maslahati zarur.

Allergiya

Allergiyaning bir turi yoki boshqasidan azob chekayotgan har ikki odamdan biri kechasi uyqu buzilishi holatiga duch keladi. Albatta, bu burun bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin: qattiq siqilish va burunning oqishi uxlashga xalaqit beradi.

Agarda sovuq yoki gripp bilan bog‘liq bo‘lmagan aksirish, qichishish, yo‘talish kuzatilsa, allergologga murojaat qilish zarur.

Gormonal o‘zgarishlar

Menopauzada o‘rtacha yosh 51 yosh, ammo uyqu buzilishida gormonal o‘zgarishlar bir necha yil oldin boshlanishi ham mumkin. Menopauza davrida uyquni yaxshilovchi gormon ishlab chiqarish kamayadi.

Agarda menopauza davri bo‘lmasa, ammo uyqusizlik kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan bog‘lanib, jinsiy gormonlarni tahlil qilish uchun qon topshirish kerak. Ba’zida tungi uyquning buzilishi polikistik tuxumdonlar sindromi rivojlanishidan ogohlantirishi ham mumkin.

Parkinson kasalligi va Alsgeymer sindromi

Tungi uyqusizlik Parkinson va Alsgeymer kabi yoshga bog‘liq kognitiv kasalliklarning dastlabki belgisi bo‘lishi mumkin. Tunda uyg‘onish, uyqusizlik va bezovta oyoq sindromi – bularning barchasi nevropatolog bilan bog‘lanib, markaziy asab tizimining holatini tekshirish uchun sababdir.

Tushkunlik

Uyqusizlik – doimiy tushkunlikda yuradigan odamlarning to‘rtdan uch qismiga qo‘yiladigan tashxisdir. Tushkunlik nafaqat uyquning buzilishiga, balki tungi dam olishning yetishmasligi kasallikning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ruhiy tushkunlik holati tez-tez kuzatilsa, shifokor bilan bog‘lanish juda muhimdir.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 138) ( 0) ( 136) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют