» » Amazon AQShda tovarlarni dronlar yordamida yetkazib berishga ruxsat oldi

Amazon AQShda tovarlarni dronlar yordamida yetkazib berishga ruxsat oldi


Sayyoraning eng badavlat insoni Jeff Bezosga tegishli dunyodagi eng yirik onlayn-reteyler hisoblanuvchi Amazon uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar yordamida posilkalarni yetkazib berish loyihasini amalga oshirish uchun AQShda aviatashuvchi maqomiga ega bo‘ldi, deb xabar beradi CNN.

Kompaniyaga Part 135 aviatashuvchi sertifikatini Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi (FFA) bergan. Bu sertifikat tovarlarni yetkazib berishda dronlardan foydalanish uchun kerak.

Amazon’ning ma’lum qilishicha, sertifikatni olish uchun berilgan ariza doirasida uchuvchisiz boshqariladigan qurilmadan foydalanishdagi xavfsizlik va samaradorlik uchun 500 dan ortiq sinov o‘tkazilgan.

Shu bilan birga, kompaniya o‘zining aviatashuvchi maqomidan tez orada yetkazib berishning yangi usulini sinovdan o‘tkazish orqali foydalanishni boshlashini qayd etgan. Sinovlarning aniq vaqti va joyi haqida ma’lumot berilmagan. Kompaniyadagilarning ma’lum qilishicha, Amazon’ning butun dunyo bo‘ylab dronlarni sinovdan o‘tkazadigan markazlari bor, uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar esa hozirga qadar testlar doirasida bir necha ming soat parvoz qilgan.

Kompaniya uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar yordamida tovarlarni yetkazib berishni o‘z ichiga olgan Amazon Prime Air loyihasi haqida 2013-yilda ma’lum qilgan. U dronlar uchun 60-122 metr balandlikda alohida havo koridorlari ajratilishini taklif etadi. Yetkazib berish tizimi kompyuter tizimlari yordamida boshqariladi.

2017-yilda Amazon o‘zining dronlari uchun maxsus minorani ham patentlagan edi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, ari iniga o‘xshash minoralardan nafaqat dronlarning uchish va qo‘nishida, balki avtoyetkazib berish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishda ham foydalanish mumkin.

Mavzuga doir: Amazon xaridorlar uchun “aqlli” aravachalarni taqdim etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют