» » O‘zbekistonda 4-sentabrdan juma namozlarining masjidda o‘qilishiga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda 4-sentabrdan juma namozlarining masjidda o‘qilishiga ruxsat beriladi


O‘zbekistonda juma namozlarini masjidlarda o‘qishga ruxsat berildi. Bu haqda koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarorida aytiladi.

Qarorga ko‘ra, diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va shanba, yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishga ruxsat beriladi.

“Kun.uz”ning maxsus komissiya a’zosi, bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovga tayanib xabar qilishicha, jamoaviy ibodatlarni 2020-yil 4-sentabr juma kunidan boshlab amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Bunda ushbu obyektlar quyidagi sanitariya qoidalariga rioya etishi talab etiladi:

Avval Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020-yil 5-sentabrdan O‘zbekistonda karantin talablarini qisqartirilishi ayrim karantin cheklovlari saqlanib qolishi xabar qilingandi. O‘zbekistonda 5-sentabrdan teatr, kinoteatr, attraksionli bog‘lar faoliyatiga va juma namozlari o‘qilishiga ruxsat berilgan, yo‘nalishli taksilar faoliyati qayta tiklanadi, bolalar bog‘chalari qayta ochilishiga ruxsat etiladi. Shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida avtomobil yo‘llari orqali kirish-chiqishga qo‘yilgan cheklovlar 1-sentabrdan bekor qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi barcha 2070 ta jome masjidi 2020-yil 17-avgust kuni bomdod namozidan boshlab o‘z faoliyatini qayta boshlagan. Bunda masjidlar haftada har kuni o‘z ish faoliyatini olib borishi, faqat juma namozi epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar vaqtincha ado etilmasligi qayd etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют