» » IShID amiri Ayo Sofiya masjidida terakt uyushtirishni rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi

IShID amiri Ayo Sofiya masjidida terakt uyushtirishni rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi


Turkiyada IShID amiri deb gumon qilinayotgan Mahmut O‘zden fosh qilindi va Adana viloyati janubida maxsus xizmat xodimlari tomonidan hibsga olindi. Bu haqda 1-sentabr kuni Turkiya ichi ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu ma’lum qilgan, deb yozmoqda Anadolu.

“U Iroq hamda Suriyadagi IShID a’zolari bilan doimiy ravishda aloqa qilib turgan”, – degan u.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchi Istanbulga yetkazilgan va sud tomonidan qamoqqa olish haqidagi qaror chiqarilgan. O‘zden Silivridagi qamoqxonaga joylashtirilgan.

Dastlabki xulosalar bo‘yicha O‘zden 10-12 kishidan iborat jangarilar guruhlarini tuzib, teraktlar tashkillashtirish bilan shug‘ullangan. Xususan, taniqli siyosatchilarga suiqasd uyushtirish, Istanbuldagi Ayo Sofiya (sobiq Avliyo Sofiya ibodatxonasi) masjidida qo‘poruvchilik harakatini amalga oshirishni rejalashtirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Turkiya maxsus kuchlari IShID yetakchilaridan birini qo‘lga tushirgan. Tintuv vaqtida uning yonidan portlashlar amalga oshiriladigan binolarning chizmalari topilgan.

Mavzuga doir: 1,5 ming yil oldin ham, bugun ham jahon siyosati markazida. Ayo Sofiyaning tarixiy yo‘li

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют