WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Qashqadaryoda Islom Karimov xotirasi yod etilib, haykali poyiga gulchambar qo‘yildi
Qashqadaryoda Islom Karimov xotirasi yod etilib, haykali poyiga gulchambar qo‘yildi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi yod etilib, haykali poyiga gulchambar qo‘yildi. “Daryo” muxbirining xabar berishicha, tadbirda viloyat hokimi Zoir Mirzayev boshchiligidagi viloyat mas’ullari va jamoatchilik vakillari ishtirok etgan.
Viloyat rahbari Zoir Mirzayev hokimlik binosi oldida qad rostlagan Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, hurmat bajo keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, Islom Karimov prezident etib saylanishidan oldin Qashqadaryo viloyatida uch yil rahbarlik qilgan. U 1986—1989-yillarda partiya qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimida ishlagan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?