» » Orzudagidek ona bolishni istaganlar uchun 5 tavsiya

Orzudagidek ona bolishni istaganlar uchun 5 tavsiya


Farzand tarbiyasi masuliyat, sabr va bilim talab etadi. Bolalarning qahramoni bolmish onalar hamisha ozini baxtli, xushmuomala tutishga organishi kerak. Lekin muammo har kimning ham oziga yarasha xarakteri va kamchiliklarida. Chunki ularni yashirib yurishning doim ham iloji yoq, ertami, kechmi asabiylashgan paytda hammasi ayon boladi. Havas qilsa, arzigulik ideal onalar esa ozidagi barcha kechinmalar farzandiga yuqishini oylab, qaltis vaziyatda ham sokin bolishga harakat qiladi.

Kunni rejalashtirish shart emas

Aslida hayot yaltiroq jurnaldagi kabi rasmlarga oxshamaydi. Shuningdek, farzandlarga ham har kuni kutilmaganda duch keladigan vaziyatga mos chiroyli, zamonaviy kiyimlarni kiydirish aslo mumkin emas. Bolalar uchun xuddi kinolardagidek har hafta qimmatbaho sovgalar xarid qilishni ham aslo imkoni yoq. Hatto kuniga uch mahal foydali taomlar istemol qilishning ham iloji bolmasa kerak. Bazida kunni shunchaki pijamada televizor qarshisida otkazish esa haqiqat. Atrofdagilar uchun suniylikdan voz kechish kerak. Boalar tabiiylikni va erkinlikni xush koradi. Ularni qandaydir qolip ichiga joylashning keragi yoq. Ona ozini erkin va osoyishta tutsa, farzandlar ham undan minnatdor boladi.

Doimiy shovqinlarga organish kerak

Bolalarni tinchlantirish uchun behuda vaqt sarflamaslik zarur. Baland ovozda qorqitish ham foyda bermaydi. Bu bilan onalar faqatgina ozini charchatadi. Bolalarning shovqin-suronini shunchaki ularning quvonchi va baxtiyorligi deb qabul qilish kerak. Shunda ularning baqir-chaqir ovozi asablarni buzishga emas, kayfiyatni kotarishga sabab boladi.

Bolalar ozlari bilan faxrlansin

Har oqshom yoki oyinchoqlar xona boylab sochilib yotgan paytda farzandlarga ularni yigishtirishga buyurish hamma onalar uchun tanish holat. Ular garchi kongildagidek qilib ishni amalga oshirolmasa-da, lekin buning uchun harakat bor. Shunday vaqtlarda bolalarning qilgan kichik yordamlariga minnatdorlik bildirilishi kerak. Bu, ayniqsa, onalar uchun tarbiya berishning eng yaxshi va oson yoli. Qilgan arzimas ishi uchun tashakkur eshitgan har qanday bola yana uni takrorlashga va yaxshiroq bajarishga intiladi.

Bolalar xato qilganda aralashmaslik kerak

Xato qilish boalardan tortib kattalargacha uchraydi, bu tabiiy jarayon. Avval xato qilinadi, xulosa chiqariladi va takrorlamaslikka urinish paydo boladi. Bolalar endigina velosiped haydashni mashq qilayotgan bolsa yoki husnixat yozishga kirishgan bolsa, ularga xatolarni anglatishda ehtiyot bolish talab etiladi. Ularning ilk vazifalariga aralashish ishtiyoqni sondirib yuborishi mumkin. Mustaqil bolishiga va xato qilishga ruxsat berish kelajakda irodali farzand bolib kamol topishiga yordam beradi.

Shoshilish hech narsani ozgartirolmaydi

Onalar kun davomida qancha uy yumushlarini bajarmasin, hech narsaga ulgurmagandek tuyulaveradi. Rostdan ham shunday, bugun yuvilishi kerak bolgan kiyimlar ertaga ham yuvilishi kerak. Kecha ishlatilgan qozon-tovoqlar nafaqat ertaga, balki bir umr ishlatiladi. Shuning uchun shoshqaloqlik faqatgina asablarni taranglashtirishga olib keladi. Natijada onadagi doimiy asabiylik ortidan bolalar ham asabiy bolishni, biror ishda doimo shoshqaloqlik qilishni, bordi-yu eplay olmasa baqir-chaqir qilishni ham boshlaydi. Shuning uchun ham xotirjam onalardan xotirjam farzandlar paydo boladi. Orzudagidek ona bolish uchun yuqoridagi barcha tavsiyalarga amal qilish zarur.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (2-09-2020, 11:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -