» » Samarqandda Islom Karimov xotirasi yod etildi (foto)

Samarqandda Islom Karimov xotirasi yod etildi (foto)


Samarqand shahrida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlash tadbirlari o‘tkazildi, deb xabar beradi O‘zA.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, har yili 2-sentabr Islom Karimov xotirasi kuni sifatida tadbirlar o‘tkazilishi an’anaga aylangan.

Viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari dastlab Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara-majmuasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.

Islom Karimovning O‘zbekiston mustaqillikka erishishi va taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlari yodga olingan.

Shundan so‘ng viloyat jamoatchiligi vakillari Registon maydoni yaqinida o‘rnatilgan Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘ygan. Tadbirlarda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ham ishtirok etgan.

Avvalroq Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev boshchiligidagi viloyat mas’ullari va jamoatchilik vakillari Islom Karimov xotirasi yod etib, uning Qarshi shahridagi haykali poyiga gulchambar qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют