» » Apple bexosdan o‘z foydalanuvchilarini xavfga duchor qildi

Apple bexosdan o‘z foydalanuvchilarini xavfga duchor qildi


Apple kompaniyasi macOS uchun yangilangan Adobe Flash Player nomi ostida bexosdan zararli dastur tarqatib yubordi. Bu haqda Objectibe-See kompaniyasi blogida xabar berildi.

Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis Patrik Uordlning aniqlik kiritishicha, Apple Shlayer troyani nomi bilan mashhur zararli kodga ega ilovani o‘tkazib yuborgan. U foydalanuvchi kompyuteriga tushishi bilan reklamalar ulashishni boshlaydi. 2019-yilda “Kasperskiy laboratoriyasi” Shlayerni mac’lar uchun eng keng tarqalgan xavf deya atagan.

Uordlning so‘zlariga ko‘ra, bu Apple xatolik tufayli birinchi bor kompyuter foydalanuvchilari uchun zararli dasturiy ta’minotni o‘tkazib yuborishi hisoblanadi. Kompaniya hozirda har bir ilovani yaxshilab tekshirmoqda va dastur macOS’lar uchun App Store’dan tashqarida ham tarqalgan bo‘lsa ham dasturchining imzosini so‘ramoqda. Kupertinodagilar ushbu muammodan xabardor, zararli dasturni tarqatgan dasturchi akkaunti bloklangan.

Mavzuga doir: Avstraliyalik maktab o‘quvchisi Apple serverlarini buzib kirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют