» » Abituriyent-2020: Kirish imtihonlarining birinchi kunidayoq telefondan foydalanish holatlari kuzatildi

Abituriyent-2020: Kirish imtihonlarining birinchi kunidayoq telefondan foydalanish holatlari kuzatildi


O‘zbekistonda 2-sentabrdan davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Koronavirus pandemiyasi sababli test imtihonlari ochiq stadion va xiyobonlarda olinishi belgilangan edi. Kirish imtihonlari shaffof tarzda o‘tishi, nazorat kuchaytirilishi yuzasidan tegishli ishlar olib borildi. Xususan, har bir imtihon olinadigan joy maxsus kuzatuv kameralar bilan jihozlandi.

Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda bevosita test yechish jarayonida olingan test savollari kitoblarining suratlari tarqala boshladi. Misol uchun, Telegram’dagi “Abituriyent-2020” guruhida kimyo, matematika va boshqa fanlar majmuasidagi test savollari aks etgan suratlar e’lon qilingan.

Shuningdek, test imtihoni joylarining biridan tashkil etilgan jonli efirda abituriyentlardan biri mobil qurilmadan foydalanayotganini ko‘rish mumkin. Biroq bu holat aynan qaysi joyda bo‘lgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlar yuzasidan hozircha biror izoh bergani yo‘q.

Ijtimoiy tarmoqlarda qo‘lida telefon ushlab turgan abituriyent surati ham tarqaldi. Xushnud Xudoyberdiyevning aniqlik kiritishicha, ushbu surat 25-avgust kuni Andijonda bo‘lib o‘tgan repititsion test paytida olingan. “Repetitsion test payti telefon olib kirish bemalol bo‘lgan”, — deydi u.

Xushnud Xudoyberdiyevning qayd etishicha, test jarayonlaridan savollar kitoblarining suratlari tarqalishi “kutilgan holat edi”, chunki telefonlarni 100 foiz ushlab qolishning iloji yo‘q, “asosiysi telefondan ommaviy foydalanish o‘yinchoq bo‘lib ketmasa bo‘ldi, yakkam-dukkam holatlar xavotirli emas”.

“Ammo shunday bo‘lsa-da, bu rasmlar bo‘yicha DTM tegishli tushuntirish berishi kerak. Shuningdek, joylarda nazorat ham yanada kuchaytirilishi lozim”, — deya qo‘shimcha qilgan Xudoyberdiyev. U abituriyentlarni imtihon vaqtida telefondan foydalanayotgan tengdoshlari haqida darhol nazoratchilarga xabar berishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, telekommunikatsiya qurilmalari, shpargalkalar va boshqa vositalarni olib kirishga uringan abituriyentlar kirish joyining o‘zidayoq test sinovlaridan chetlashtiriladi.

Avvalroq bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev kirish imtihonlarida turli shpargalkalardan foydalanganlik holatlari uchun qoidabuzar abituriyentlarni keyingi yilgi imtihondan ham chetlashtirish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют