» » Toshkentda 19 yoshli yigit Lacetti’da YPX inspektorini urib yubordi. Inspektor shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan

Toshkentda 19 yoshli yigit Lacetti’da YPX inspektorini urib yubordi. Inspektor shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimini mashina urib ketgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Poytaxt IIBB mazkur YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa 1-sentabr kuni soat 19:00 larda Mirobod tumanida yuz bergan. Shahrisabz ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori serjant Salim Umarov Grand Mir mehmonxonasi oldida 25 yoshli J.B. boshqaruvidagi Captiva’ni to‘xtatgan.

Inspektor Umarov haydovchining hujjatlarini tekshirib, yo‘lning chetiga qarab yura boshlaganda Lacetti’ni haydab ketayotgan 19 yoshli T.M. boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan Captiva bilan to‘qnashgan va inersiya bo‘yicha harakatni davom ettirib, YPX xodimini urib ketgan.

Oqibatda 30 yoshli YPX inspektori Salim Umarov tan jarohati olib, shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Hozirda tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yig‘ilgan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun prokuratura organiga topshirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют