» » Dizayner Akfa va Artel haqidagi hajviy video uchun uzr soradi

Dizayner Akfa va Artel haqidagi hajviy video uchun uzr soradi


Dizayner Shavkat Egamberdiyev Akfa, Artel va Toshkent hokimi haqidagi hajviy videosi uchun uzr soradi. U ushbu videoni keng ommaga tarqalib ketganligi uchun Troll.uz ni podstava qilganlikda aybladi. Troll.uz muallifi dizaynerga nisbatan tahdid qilinganini takidlamoqda. Artel kompaniyasi vakili esa Troll.uz ning fikrlari har doim ham togri va adolatli bolavermasligini aytgan.

Vizual effektlar boyicha rassom Shavkat Egamberdiyev Akfa (kompaniyalar guruhi, asosiy yonalishlaridan biri alyumin profil ishlab chiqarish) va Artel (maishiy texnika ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya) kompaniyalari, shuningdek, Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxojayev haqidagi hajviy videoni tarmoqqa joyladi. Biroq u keyinroq videoni ochirib, oz ishi uchun kechirim soradi, shuningdek, Troll.uz sahifasini uni qiyin ahvolga solib qoyganlikda aybladi.

Videoda 6 sekund deb yozilgan taksini va avtomashina orqa oynasida pushti rangdagi kalta paypoqni korish mumkin. Undan keyin video muallifi Shavkat Egamberdiyevning ozi, yelkasida konditsioner kotargan holda korinish beradi va chontagidan bir nechta dollar valyutalarini chiqarib, havoga sochib yuboradi. Sochilgan pullar CARTEL va BRAKFA yozuvlari aks etgan ikkita bino tomon uchadi. Shuningdek, CARTEL binosinining pastida lyubaya monopoliya xorosha va duxa net kabi jumlalar yozilgan. Banknotalar shamol parraklari tomon uchadi, boshqa tomondan esa maishiy texnika vositalari chiqadi. BRAKFA deb yozilgan binoning tom qismida kostyum kiygan bir erkak (taxminlarga kora, hokim Jahongir Ortiqxojayev) Gangnam Style uslubida raqsga tushmoqda. Butun videolavha Afsona filmining (asosiy rolda Tom Xardi) qahramoni tomonidan aytilgan iqtibos bilan davom etadi.

Videolavha 31-avgust kuni Troll.uz sahifasiga joylangan va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqala boshlagan. Ertasiga Shavkat Egamberdiyev va Troll.uz sahifalaridagi video ochirib tashlangan, videolavha muallifi esa uzr soragan holda videomurojaat yollagan. Uning aytishicha, u videoga qoldirilgan barcha izohlarni oqib chiqqan va qattiq tushkunlikka tushgan.

Bu video, bu qilgan ishim notogriligini tushundim. Chuqur afsusdaman. Vijdonim qiynaldi, degan u.

Egamberdiyevning aytishicha, u grafist sifatida faoliyat olib boradi va har xil videokliplar va reklama roliklarini yaratish bilan shugullanadi. Biroq koronavirus pandemiyasi va karantin choralari sababli buyurtmalar soni keskin kamaygan.

Tirikchilik qilish kerak. Shunga Instagram dagi obunachilarni kopaytiraman deb, desheviy xayp qilaman deb Akfa va Artel, va shu jumladan Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxojayevga qilingan videoroligim judayam katta xato boldi. Bundan, albatta, afsusdaman. Bir kun ichida 2000 ta podpischik qoshildi. Bu halol podpischik hisoblanmaydi, degan vizual effektlar boyicha rassom.

Shavkat Egamberdiyev takidlashicha, Troll.uz blogining muallifi videolavhani keng ommaga tarqatib yuborib, uni qiyin ahvolga solib qoygan.

Bu vaziyatdan Troll.uz foydalandi. U meni podstava qildi desam ham boladi. Chunki judayam kop odamlarga tarqalib ketdi. Bu kichkina, ozimiz uchun yaratilgan videorolik, qanaqadir katta masshtabga aylanib ketdi. Shuning uchun, Troll.uz dan noroziman. Umumiy aytganda, qilgan ishimdan afsusdaman. Bu vatanparvarlikka kirmaydi. Uzr sorayman. Afsus!, degan Egamberdiyev.

Videoda Shavkat Egamberdiyev bir necha bor kozlarini pastga tushirganini korish mumkin aftidan matnni oqish uchun.

Uzr soralgan murojaat, shuningdek, Artel va Akfa Windows&Doors kompaniyalarining Facebookdagi rasmiy sahifalarida ham joylashtirilgan.

Troll.uz ning munosabati va tahdidlar ehtimoli

Troll.uz blogining muallifi Umid Gafurov ushbu vaziyatni izohladi va Shavkat Egamberdiyevdan hafa emasligini aytdi.

U kishining holatlarini toliq tushunaman va sizdan u kishiga nisbatan gazablanmasligingizni sorayman. Chunki, video chiqqanidan keyin ertasi kuni Shavkat menga Artel kompaniyasi vakillaridan tahdid kelayotganini aytdi. Ramziddin degan odam qongiroq qilib tahdid bildirgan va ozini Artel bosh direktori deb tanishtirgan (telefon raqami * 107000 bilan tugaydi). Video muallifidan videoda uzr sorash talab qilingan. Men Shavkatdan bunday qilmaslikni soradim, chunki u hech narsada aybdor emas edi, deb yozdi bloger.

Uning aytishicha, kompaniyaning vakili Toshkentdan Namanganga Shavkat bilan suhbatlashish uchun ketgan.

Uchrashuv bugun soat 7 da bolib otishi kerak edi. Shavkat bilan telefonda gaplashdim, kechikyapti, dedi. Yoningizda odam bormi, deb soradim. Bor, dedi. Soat 8 larda uchrashishdi, shekilli. Shundan song, Shavkat qongiroqlarga va Telegramdagi xabarlarga javob bermadi. Keyin u menga Men sizni hurmat qilaman, lekin majbur boldim deb yozdi, deb yozdi Umid Gafurov.

Shuningdek, blogerningpostidaTroll.uz va Shavkat Egamberdiyevni kir qidirishda ayblagan Shuhrat Musayev degan bloger, Artel, Akfa kompaniyalari va hokim Jahongir Ortiqxojayevni himoya qilganArtel ishchilari faol tarzda izohlar qoldirgan.

Menimcha, Shavkatdan mening barcha sozlarimni rad etishni va barcha yozishmalarni tozalashni sorashadi. Mendan ham ushbu xabarni olib tashlashimni juda qattiq sorashsa kerak. Balki shunga majbur ham qilishar. Hozir hech narsaga kafolat berib bolmaydi. Ammo, barchangiz bilasizki, internetda nashr etilgan barcha narsalar u yerda abadiy qoladi, takidlagan u.

Umid Gafurovning aytishicha, Shavkat Egamberdiyev undan bu holat yuzasidan hech narsa yuklamasligini iltimos qilgan.

Shuning uchun barcha etirozlaringizni faqat ozimga bildiring. Shavkat Egamberdiyev juda istedodli montaj ustasi. Bunday insonlarni qollab-quvvatlash kerak. Aytgancha, bularning barchasi 1-sentabrda sodir boldi. Barchangizga bayramingiz muborak bolsin! deb yozdi Troll.uz muallifi.

Kurbanoff.net blogi muallifi vaziyatni Streyzand effektiga biror bir informatsiyaning ommaga tarqalib ketishini toxtatishga harakat qilib, uning yanada keng tarqalishiga sababchi bolishi (asosan internet orqali) kabi ijtimoiy fenomenga oxshatdi.

Artel izohi

Artel brendini rivojlantirish ishlari boyicha rahbar Ramziddin Qochqorov Gazeta.uzsoroviga javoban dizaynerga tahdidlar qilinganligi va undan videoni Instagram dan ochirishni talab qilinganligi haqidagi versiya, bu shunchaki Troll.uz ning taxminlari ekanligini aytdi.

Troll.uz ning fikrlari har doim ham togri va adolatli bolavermaydi, dedi u, Shavkat Egamberdiyevning ozidan unga qarshi tahdidlar bolgan yoki bolmaganligini aniqlashtirishni maslahat bergan holda.

Gazeta.uz Shavkat Egamberdiyev bilan boglana olmaganini yozgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-09-2020, 02:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
:
-
:
20 ... -