» » O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 30 pog‘onaga ko‘tarildi

O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 30 pog‘onaga ko‘tarildi


2020-yilning 2-sentabr kuni Butunjahon intellektual mulk tashkiloti va Kornell universiteti tomonidan Global innovatsion indeks reytingining navbatdagi 2020-yil 13-soni “Innovatsiyani kim moliyalashtiradi?” mavzusida e’lon qilindi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar qildi.

O‘zbekiston so‘nggi marotaba 2015-yil ushbu xalqaro reytingda 140 dan ortiq davlatlar ichida 122 o‘rinni egallagani edi. 2020-yilda O‘zbekiston 131 dan ortiq dunyo mamlakatlari ichida 93 o‘rinni egalladi.

2020-yilda 80 ta ko‘rsatkichdan iborat Global innovatsion indeks reytingida O‘zbekiston dunyo mamlakatlari ichida Institutsional rivojlanish (Institutions), Inson kapitali va ilmiy tadqiqot faoliyati (Human capital & research), Infratuzilma (Infrastructure), Bilim va texnologiyalar samaradorligi (Knowledge & technology outputs) va Ijodiy natijadorlik (Creative outputs) kabi yo‘nalishlardagi indikatorlarda ijobiy natijalarga erishganini ko‘rish mumkin.

Shu o‘rinda Global innovatsion indeks reytingida yetakchilik qilayotgan, respublikamizga qo‘shni bo‘lgan va boshqa ayrim davlatlar iqtisodiyotining ham 2020-yilda erishgan natijalarini keltiramiz. Shveysariya — 1-o‘rin, Rossiya – 47-o‘rin, Qozog‘iston – 77-o‘rin, Qirg‘iziston – 94-o‘rin, Tojikiston – 109-o‘rinni egallagan.

Ma’lumki, O‘zbekiston Prezidentining PF-5544-sonli “2019–2021-yillarda O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida asosiy vazifalardan biri etib 2030-yilga qadar respublikamizni Global innovatsion indeks baholash reytingida yetakchi 50 ta davlat qatoriga kiritilishi belgilangan.

Global innovatsion indeks 15 ta xalqaro indekslar, 4 ta Jahon iqtisodiyot forumi (World Economic Forum) tomonidan olib boriladigan so‘rovnomalar va 61 ta ko‘rsatkichlarga tegishli miqdoriy statistik ma’lumotlardan tashkil topgan.

Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekistonning 2020-yil Global innovatsion indeksga kiritilishida yaqindan hamkorlik qilgan barcha vazirlik va idoralarga hamda xorijiy tashkilotlarning mamlakatdagi barcha rasmiy vakolatxonalariga, xususan, Moliya vazirligi, Markaziy bank va Davlat statistika qo‘mitasiga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 06:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют