» » Foto: Bollivud aktyorlarining rafiqalari

Foto: Bollivud aktyorlarining rafiqalari


Ko‘pchilik mashhur aktyorlar faqatgina aktrisa, model yoki shou-biznes vakiliga uylanadi, degan fikr mavjud. Aslida bunday emas. Aksariyat yulduzlar turmush o‘rtoqlari bilan bir xil kasb vakillari bo‘lmaydi. Ayrimlari hattoki e’tiborga tushishni ham istamaydi. Shuningdek, Bollivud aktyorlarining rafiqasi bo‘lish ham sabr talab etadi. Yulduzlar haqida yangiliklardan hamisha xabardor bo‘lish mumkin. Quyida esa ularning doimo soyada qolib ketadigan turmush o‘rtoqlari haqida gap ketadi.

Priya Runchal – Jon Abrahamning turmush o‘rtog‘i

Aktyor Jon Abrahamning 2014-yilda sarmoyaviy bankir va moliyaviy tahlilchi Priya Runchal bilan oila qurishi muxlislar uchun kutilmagan voqea bo‘ldi.

Sababi deyarli 10 yil davomida Bipasha Basu bilan munosabatda bo‘lgan Jon to‘satdan u bilan ajrashdi. Keyinchalik rafiqasi bilan yashirincha rishta bog‘ladi.

Aytishlaricha, juftlik 2010-yil do‘stlari orqali tanishgan. Priya turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo e’tiborga tushishni yoqtirmaydi. Shuning uchun ham ularni birgalikda chiqishlarini juda kam ko‘rish mumkin.

Priyanka Alva Oberoy – Vivek Oberoyning turmush o‘rtog‘i

Vivek Oberoy – samimiy tabassum egasi. U Karnataka shtati vaziri Jivaraja Alvening qizi Priyanka Alvega uylangan.

Aktyorning ijodiy faoliyati Ayshvariya Ray bilan aloqasi uzilgandan so‘ng biroz to‘xtadi, ammo oila borasida uning omadi chopdi.

Vivek va Priyankaning nikohi ota-onalar orqali amalga oshsa-da, ular ilk uchrashuvdayoq bir-birini sevib qolgan. Ularning qiz va o‘g‘il farzandlari bor.

Sarita Birje – Madhavanning turmush o‘rtog‘i

Juftlik 21 yildan buyon bir oila bo‘lib yashab kelmoqda, ularning Vedan ismli bir nafar o‘g‘li bor.

Kelishgan Madhavan turmush o‘rtog‘i Sarita Birje bilan notiqlik kursida tanishgan. Uning o‘zi murabbiy sifatida dars berar, Sarita esa uning talabasi edi. Ular 1999-yilda turmush qurdi.

Sarita o‘zini OAVdan panaga olishga qaramay, doimo eriga yordam beradi. Bir necha marta filmlar uchun libos yaratishda ham ishtirok etgan. Shuningdek, Sarita avval styuardessa bo‘lib ishlagan.

Parvin Shaxani – Emran Xashmining turmush o‘rtog‘i

Mana Emran Xashmining turmush o‘rtog‘i haqiqiy olqishga loyiq. Sababi filmlarda hamma partnyorlari bilan sevishganlar rolini maromiga yetkazib ijro etadigan aktyorga turmush o‘rtoq bo‘lish oson emas.

Chindan ham Emranga omad kulib boqdi. Uni qadrlaydigan va hurmat qiladigan turmush o‘rtoq uchradi. Parvin Shaxani 6 yillik sinab ko‘rishdan so‘ng, 2006-yil aktyorga turmushga chiqdi. U maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi bo‘lib ishlaydi.

Rukmini Saxay – Nil Nitin Mukeshning turmush o‘rtog‘i

Nil Nitin Mukesh 2017-yil Rukmini Saxayga uylanishga qaror qilishi barchani hayratga soldi. Ularni ota-onasi tanishtirgan va darhol to‘yga tayyorgarlik boshlangan.

Rukmini Mumbaydagi universitetlarning birida aviatsiya sohasida o‘qigan. Ammo o‘zini oilasiga bag‘ishladi va kasbi bilan shug‘ullanmadi. Nitinning so‘zlariga ko‘ra, Rukmini u uchun juda ham mos, chunki u sodda, g‘amxo‘r va eng muhimi, samimiydir.

Sunita Axuja – Govindaning turmush o‘rtog‘i

Sunitaning opasi Govindaning tog‘asiga turmushga chiqqan. Ularning to‘yida Govinda birinchi marta Sunitani ko‘radi. Gohida Govinda tog‘asinikiga, Sunita esa opasinikiga borar edi va juftlik shu orqali yaqinlashib borgan.

Ular 1987-yilda turmush qurdi. Aktyorning onasi uni o‘z qizidek yaxshi ko‘rgan. Hatto Govinda aktrisa Nilamni sevib qolib, oilani tark etmoqchi bo‘lganida ham onasi bunga yo‘l qo‘ymagan. Sunita hammasiga jasorat bilan sabr qildi va oilasini saqlab qoldi.

Tanya Deol – Bobbi Deolning turmush o‘rtog‘i

Bobbi turmush o‘rtog‘i bilan restoranda uchrashgan va bir qarashda sevib qolgan. Ular 1996-yilda oila qurdi va ikki o‘g‘ilni tarbiyalamoqda. Tanya dizaynerlik bilan shug‘ullanadi va xalqning e’tiboriga tushishni yoqtirmaydi.

Mana Shetti – Sunil Shettining turmush o‘rtog‘i

Sunil Managa ilk ko‘rishidayoq maftun bo‘lgan. Ammo u paytlari taniqli aktyor emas edi. Shuning uchun ham hamma yigitlar kabi Mananing singlisi bilan do‘stlashib, opasiga yaqinlashadi.

Bir necha uchrashuvlardan so‘ng Sunil Managa sevgi izhor qiladi. Er-xotin oilaviy baxtga uzoq yo‘l bosib o‘tdi, chunki qiz panjoblik musulmon oilasidan, yigit esa Karnataka shtatidan kelgan edi.

Oilalar madaniy tafovutlar tufayli juftlikning nikohi barbod bo‘lishidan xavotir olgan. Ammo ular bir-birini yaxshi ko‘rishini isbotladi. 1991-yil 9 yillik sinovlardan so‘ng ular turmush qurdi.

Taxir Kashyap – Ayushman Xuranning turmush o‘rtog‘i

Chandigarxdan kelgan Panjob yigiti yulduz bo‘lmasidan avval bolaligidagi muhabbati Taxiraga uylandi. To‘ydan keyin Ayushman karyera uchun Mumbayga ko‘chib keladi. Uzoq vaqt davomida muxlislar aktyorning uylanganini va ikki farzandi borligini bilmagan. Hozirda Taxira va ikki farzandi Mumbayga ko‘chib borgan va ular bir oila bo‘lib yashamoqda.

Sonali Sud – Sonu Sudning turmush o‘rtog‘i

Kelishgan aktyor Sonu Sudning qalbini janubiy hindistonlik Sonali ismli qiz egalladi. Ular Nagpure shahrida tanishadi, u yerda Sonu muhandislik, Sonali esa biznes ma’muriyatida o‘qir edi.

“U hamisha meni qo‘llab-quvvatlab kelgan. Har doim. Avvaliga aktyor bo‘lishimni istamas edi, ammo hozir men bilan faxrlanadi”, – deydi Sonu.

Shuningdek, aktyor Sonali uning birinchi va yagona muhabbati ekanligini ham ta’kidlaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 09:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 1) ( 82) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...