» » Cho‘ldagi zarba. 3-sentabr – AQShning Iroqqa qarshi birinchi harbiy operatsiyalaridan biri amalga oshirilgan kun

Cho‘ldagi zarba. 3-sentabr – AQShning Iroqqa qarshi birinchi harbiy operatsiyalaridan biri amalga oshirilgan kun


Bundan 24 yil avval aynan ushbu sanada Iroq—AQSh tarixidagi nizolaridan biri sodir bo‘ldi. Qo‘shma Shtatlarning dengiz hamda havo kuchlari birgalikda 3-sentabr kuni qurdlarnig fuqarolar urushidagi Iroq hujumiga javoban mamlakat janubidagi havo hujumlari mudofaasiga aynan havo orqali zarba berdi. Dengiz kemalari va havo kuchlari bombardimonchilari “tanlab olingan havo mudofaasi nishonlari”ga o‘q uzdi. Shunday qilib, 3-sentabrning tongi iroqliklar uchun 27 ta (qanotli) raketani qabul qilib olish bilan boshlandi. “Daryo” yaqin tarixdagi ushbu voqea haqida hikoya qiladi.

1996-yil 31-avgustda Iroqning Saddam Husayn boshqaruvi ostidagi hukumati o‘z harbiylarini Iroq Qurdistoniga “Qurdiston Vatanparvarlik ittifoqi” va Qurdiston demokratik partiyasi o‘rtasida kelib chiqqan fuqarolik urushlarini bartaraf qilish uchun bostirib kirishga buyruq beradi. 1991-yildan beri eng kattasi bo‘lgan ushbu hujum amerikaliklarda Saddam Husaynning 1988- va 1991-yillardagi kabi qurdlarga qarshi genosid kampaniyasi ekanidan xavotirga tushishdi. Mamlakat rahbari BMT Xavfsizlik kengashining 688-sonli qarorini buzgan. U Iroqning etnik ozchiliklariga taziyq o‘tkazishda ayblangan.

Dastlab zarbalarni samolyot-tashuvchi kemalar yordamida samolyotda uyushtirish rejalashtirilgan edi. Amerikaliklar juda yaxshi qurollanishgan edi, ularning ixtiyorida nishonni aniqlay oluvchi qiruvchi samolyotlar, suvosti kemasiga qarshi moslamalar va ko‘plab bombardimonlar bor edi. Reja boshqa bo‘lgan bo‘lsa-da, zarba AQSh dengiz kuchlarining quruqlikdagi harbiy kemalari va havo kuchlari bombardimonlari tomonidan (qanotli) raketadan foydalangan holda amalga oshirildi.

1996-yilning 3-sentabrida shtatlarning havo va dengiz kuchlari birgalikda amalga oshirishi kerak bo‘lgan “Cho‘ldagi zarba” operatsiyasi boshlandi. Operatsiya doirasida AQSh harbiylari turli-tuman kuchli va o‘z zamonasining eng yaxshisi bo‘lgan bombardimonchilari va ko‘plab texnikalari bilan Iroq havo mudofaasi tomon 27 ta raketa uchirildi.

Shundan so‘ng, Fors ko‘rfazidagi 23 ming AQSh harbiylari Iroqning “har qanday javobi”ga “juda yuqori darajada hushyor holatda” tayyor turibdi, deb ta’kidlagan rasmiylar. Saddam Husayn Iroq televideniyesi orqali o‘z xalqiga murojaat qilib, harbiylarni AQSh zarbalariga qarshi xushyor turishga chaqirdi.

Ikki tomon rasmiylarining bayonotlari bir-biriga unchalik ham to‘g‘ri kelmaydi: Saddamning aytishicha, hujumdan ko‘rilgan zarar minimal bo‘lgan va raketalarning aksariyati urib tushirilgan, ammo u aholi yashash punktlariga yo‘naltirilgani uchun u yerdagi aholi ko‘proq talafot ko‘rgan; amerikaliklarning ta’kidlashicha, raketa hujumlari nisbatan aholi kamroq joyga uyushtirilgan bo‘lib, u havo hujumlariga qarshi mudofaa qo‘mondonligi obyektlariga qaratilgan bo‘lgan. Raketalarning 14 tasi Shimoliy Fors ko‘rfazidagi Dengiz kuchlari kemasi tomonidan, qolgan 13 tasi esa Guamdan uchib kelgan havo kuchlarining bombardimonchilari tomonidan uchirilgan.

Hujum yakunlangach, Bog‘dod uzra havo reydi sirenalari eshitilganidan so‘ng Pentagon hujum yakunlari Iroqqa yetkazilgan zarar hisobotini kutib turardi. Bir necha soatdan so‘ng AQSh prezidenti Klinton Iroqqa qarshi harbiy va iqtisodiy sanksiyalarni imzoladi.

Ushbu operatsiyada Amerikaga yordam bergan davlat Buyuk Britaniya bo‘ldi, u moddiy-texnik jihatdan AQShni qo‘llab-quvvatladi: Guamdan Fors ko‘rfasiga uchgan AQShning B-52 samolyotlari Hind okeanidagi bazada yonilg‘i quyib, parvozni davom ettirdi. Shuningdek, hujumdan oldin ikki davlat o‘z fuqarolarini Iroqni zudlik bilan tark etishga chaqirdi.

Buyuk Britaniya Bog‘dodga nisbatan jazo chorasi sifatida “uchish taqiqlangan zonalarni kengaytiradi. O‘zgarish ittifoqdoshlarning samolyotlariga Bog‘doddan taxminan 50 kilometr uzoqlikda uchishga imkon beradi. Janubiy zona shimoldagisi singari Britaniya, Fransiya va AQSh samolyotlari tomonidan qo‘riqlanadi. Qo‘shimcha samolyotlar talab qilinmadi.

Birinchi navbatda Shimoliy va Janubiy uchish taqiqlangan zonalardagi jangchilar nishonga olingani uchun qasos sifatida uyushtirilgan hujum, shu bilan birgalikda Iroq havo mudofaasi infratuzilmasini yomon ahvolga olib kelishga, “yer-havo” raketalari uchastkalari va qo‘mondonlik, boshqaruv va aloqa joylarini nishonga olgan edi va qaysidir ma’noda ushbu hujum o‘zini oqladi va kerakli natijaga erishdi.

Ammo hujumlar Iroqning shimoliy kampaniyasiga qanday ta’sir o‘tkazgani munozarali mavzu. Ular Qurdiston demokratik partiyasi Irbilni o‘z nazoratiga olganidan so‘ng, Iroq qo‘shinlari Qurdiston hududidan chiqib ketdi. QDP Qurdiston Vatanparvarlik ittifoqini boshqa tayanch punktlaridan quvib chiqardi va Iroqning qo‘shimcha yordami bilan Sulaymoniyani qo‘lga oldi. QVI va uning rahbari Jalol Talabani chegara tomon chekinishdi. Amerika kuchlari Iroq milliy kongressining 700 xodimi va olti mingta g‘arblik qurdlarni Iroqning shimoliy qismidan evakuatsiya qildi. Iroqning ushbu yurishiga AQSh va Buyuk Britaniya boshqa havo operatsiyalarni rejalashtirdi, bu endi boshqa hikoya...

Mirjalol Qosimov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют