» » Iroq Suriyadagi IShID shtabining yo‘q qilinganini ma’lum qildi

Iroq Suriyadagi IShID shtabining yo‘q qilinganini ma’lum qildi


Iroq harbiy-havo kuchlari IShID’ning Suriyadagi marralariga havodan zarba berdi. Bu haqda Al Sumaria kanaliga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

14-may dushanba kuni, Iroq harbiylari F-16 samolyotlari Suriya hududida havo operatsiyasini amalga oshirganini ma’lum qildi. Natijada IShID boshqaruv shtabi va terroristlarning logistika markazi yo‘q qilingan.

Ilgariroq AQSh prezidenti Donald Tramp IShIDning eng ko‘p qidirilayotgan besh nafar yetakchisi qo‘lga olinganini ma’lum qilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют