» » Xalqaro koalitsiya kuchlari Suriya va Iroqda IShID marralariga 26 marta havo zarbasi berdi

Xalqaro koalitsiya kuchlari Suriya va Iroqda IShID marralariga 26 marta havo zarbasi berdi


IShIDga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro koalitsiya kuchlari Iroq va Suriyadagi jangarilar marralariga 26 marotaba havo zarbasi berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Suriyada 20 ta bombardimon amalga oshirildi. Dayr az-Zavr, Raqqa va Al-Shaddadi hududlarida IShID taktik bo‘linmalariga zarba berildi va bir necha o‘t ochish marrasi, transport vositalari hamda qo‘mondonlik-nazorat punktlari yo‘q qilindi.

Iroqdagi 6 ta bombardimon natijasida taktik bo‘linmalar, transport vositalari, qurol-yarog‘ omborlari va jangarilarga tegishli inshootlar yo‘q qilinishiga erishildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-10-2017, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют