» » Iroq HHK Al-Xuvayjada IShIDning 100 ga yaqin jangarisini yo‘q qildi

Iroq HHK Al-Xuvayjada IShIDning 100 ga yaqin jangarisini yo‘q qildi


Iroq harbiy-havo kuchlari tomonidan Kirkuk viloyatining Al-Xuvayja shahrida IShID marralariga uyushtirilgan aviahujum natijasida 100 ga yaqin jangari o‘ldirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Iroq armiyasiga ko‘ra, samolyotlar 29-sentabr, juma kuni Al-Xuvayjada bir necha zarba berdi va 96 nafar IShID tarafdori, 10 dan ortiq, jumladan, portlovchi moddalar bilan ham to‘ldirilgan  avtomobilni yo‘q qildi.

Iroq bosh vaziri, qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Haydar al-Obodiy 21-sentabrda Al-Xuvayjada IShID marralariga keng ko‘lamli hujum boshlanishini e’lon qilgandi. Operatsiyada armiya bo‘linmalari, federal politsiya otryadlari, IIV maxsus kuchlari va shia ko‘ngillilari ishtirok etmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (30-09-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют