» » IShID jangarilari Iroqda 30 nafar politsiyachini garovga oldi

IShID jangarilari Iroqda 30 nafar politsiyachini garovga oldi


IShID jangarilari Iroqning Ramadi shahrida kamida 30 nafar politsiyachini garovga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Hodisa haqida ma’lum qilgan Al Jazeera telekanaliga ko‘ra, Anbar viloyatining ma’muriy markazi bo‘lgan Ramadi janubi-g‘arbida jangarilar qarshilik ko‘rsatayotgan bir necha manzil qolmoqda. 

Iroq hukumat kuchlari 16-sentabr kuni Anbar viloyatida ekstremistlar marralariga keng ko‘lamli hujum boshladi. Harbiy kampaniyaga armiya bo‘linmalari, shia ko‘ngillilari va chegara qo‘shinlari safarbar etilgan. 

Ularning vazifalari qatoriga, jumladan, jangarilar nazorati ostida qolayotgan Akashat, Ana va Rava shaharlarini ozod qilish kiradi. 

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют