» » IShID Mosulda Iroq armiyasiga qarshi kimyoviy qurol qo‘lladi

IShID Mosulda Iroq armiyasiga qarshi kimyoviy qurol qo‘lladi


IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari Iroq armiyasi harbiy xizmatchilariga qarshi zaharlovchi gaz snaryadlarini qo‘lladi. Bu haqda hujum oqibatida jurnalistlari jabrlangan Rudaw telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Hodisa Mosul g‘arbiy qismidagi Bab-et-Tut tumanida yuz berdi. Snaryad portlagandan so‘ng jabrlanuvchilarda yo‘tal va ko‘ngil aynishi boshlandi.

Avvalroq BMT Mosulda kimyoviy qurol qo‘llanilishi oqibatida 12 kishi, jumladan, ayollar va bolalar jabrlangan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Biroq Iroqning BMT huzuridagi doimiy vakili Al al-Hakim Bag‘dod jangarilar tomonidan zaharlovchi moddalar qo‘llanganligi haqida dalillariga ega emasligini bildirdi.

Iroq hukumat qo‘shinlari Mosul g‘arbiy qismini ozod etish bo‘yicha operatsiyani davom ettirmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют