» » Pentagon IShID jangarilari tomonidan Mosul universitetida iprit ishlab chiqarilganligini tasdiqladi

Pentagon IShID jangarilari tomonidan Mosul universitetida iprit ishlab chiqarilganligini tasdiqladi


IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari Iroqning Mosul shahri hududidagi universitetda iprit zaharlovchi gazini ishlab chiqargan. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili Jeff Devis ekspertiza natijalariga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi DNA.

Mosul universiteti IShID jangarilari tomonidan kimyoviy qurollar ishlab chiqarishda markaziy o‘rinni egallagan.

Jeff Devis, Pentagon rasmiy vakili

Uning ta’kidlashicha, ipritdan ta’sir qiluvchi vosita sifatida foydalanish rejalashtirilganligi ehtimoli yuqori. Uning so‘zlariga qaraganda, gazdan odam o‘ldirish uchun foydalanilganligi haqida ma’lumotlar yo‘q.

28-yanvar kuni iroqlik harbiylar IShID guruhidan ozod etilgan Mosulning sharqiy tumanlaridan birida iprit zaharli moddasi saqlangan omborga duch kelganligi ma’lum qilingan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют