» » Iroq bosh vaziri Mosulni IShID egallaganidan beri ilk bor shaharga keldi

Iroq bosh vaziri Mosulni IShID egallaganidan beri ilk bor shaharga keldi


Iroq bosh vaziri va mamlakat qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Haydar al-Obodiy Mosul shahriga keldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Hukumat rahbari Mosulga shahar 2014-yilda IShID jangarilari tomonidan egallanganidan beri birinchi marotaba kelgani bildirilmoqda.

Alsumaria telekanaliga ko‘ra, Haydar al-Obodiy Mosulga shaharni terrorchilardan ozod qilish bo‘yicha operatsiyaning borishi bilan shaxsan tanishish va kampaniyaga safarbar etilgan bo‘linmalar faoliyatini o‘rganish uchun tashrif buyurdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют