» » Iroq Mosul g‘arbini IShIDdan ozod qilishga kirishganini e’lon qildi

Iroq Mosul g‘arbini IShIDdan ozod qilishga kirishganini e’lon qildi


Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Mosul shahrining g‘arbiy qismini IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlanishini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Shaharning g‘arbiy qismi hozircha jangarilar nazorati ostida — iroqlik harbiylar salkam uch oydan beri uni qamal qilib turibdi.

G‘arbiy Mosul shaharning tarixiy qismini o‘z ichiga oladi. Harbiylar bo‘lajak janglar qiyin kechishi, tor ko‘chalar tanklar va zirhli texnika harakatini og‘irlashtirishini ta’kidlamoqda.

Avvalroq Iroq harbiy-havo kuchlari Mosul g‘arbini jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlanishi haqida aholini ogohlantiruvchi millionlab varaqa tashlagani bildirilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-02-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют