» » Iroq IShIDning qo‘shni mamlakatlardagi marralariga “ikkilanmasdan” zarba berish niyatida

Iroq IShIDning qo‘shni mamlakatlardagi marralariga “ikkilanmasdan” zarba berish niyatida


Iroq qurolli kuchlari IShID terrorchilik tashkilotining qo‘shni davlatlardagi marralari joylashgan hududlarga ikkilanmasdan zarba beradi. Bu haqda Iroq qurolli kuchlarining bosh qo‘mondoni, bosh vazir Haydar al-Obodiy bayonot berdi, deb yozadi “TASS”.

“Men qo‘shni mamlakatlardagi terrorchilar joylashgan hududlarga zarba berishga hech qachon ikkilanmayman, biz ular bilan kurashni davom ettiramiz”, — dedi al-Obodiy. Ayni vaqtda, rasmiy Bag‘dod chegaradosh davlatlar suverenitetini hurmat qilishini ham ma’lum qildi.

Fevral oyining oxirida Iroq qurolli kuchlari Suriyaning Iroq bilan chegaradosh hududidagi Albu-Kamal mintaqasiga joylashib olgan terrorchilarga havo zarbalarini bergan edi. Reyd ikki mamlakat razvedkasining hamkorligi doirasida o‘tkazilgani xabar berilgan edi.

Iroq hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘q qilingan guruhlar Bag‘dodda amalga oshirilgan va o‘nlab tinch aholi vakillarining umriga zomin bo‘lgan teraktlarga aloqador bo‘lgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют