» » Serxio Ramos: Agar Messi qolsa, “Real” uchun ham yaxshi bo‘ladi

Serxio Ramos: Agar Messi qolsa, “Real” uchun ham yaxshi bo‘ladi


“Real” himoyachisi Serxio Ramos “Barselona”ni tark etmoqchi bo‘layotgan Lionel Messining atrofidagi vaziyat haqida gapirdi.

Bu biz uchun ahamiyatga ega emas. U kelajagi borasida mustaqil ravishda qaror qabul qilish huquqini qo‘lga kiritgan. U buni qanday amalga oshirishni bilmayman, lekin uning Ispaniya futboli, “Barselona” va biz uchun qolishini istardik.

U liga va jamoasini kuchaytiradi. Uning ishtirokidagi Klasiko ham yana-da chiroyliroq bo‘lardi.

U hech qanday ikkilanishlarsiz kelajagini o‘zi hal qilish huquqiga ega. Ko‘ramiz yakunda nima bo‘larkan. Bu yangiliklar (Messining “Barselona”dan ketmoqchiligi haqidagi — “Daryo” ) bizni bezovta qilmaydi.

Serxio Ramos, “Real” futbolchisi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Messi jamoani tekinga tark etishi mumkinligi haqidagi band 10-iyundan o‘z kuchini yo‘qotgan. Klub prezidenti esa “Barselona” Messini sotish borasida muzokaralar olib bormasligi va Leo klub qurayotgan loyihaning asosiy bo‘lagi ekanini aytgan.

Messining otasi esa o‘g‘lining klubda qolishi qiyin masala ekanligini ma’lum qilgandi.

Avvalroq argentinalik futbolchi “Manchester Siti”ga o‘tishni istayotgani va “shaharliklar” bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют